Isroil armiyasi jangovar tayyorgarlikni kuçaytirdi
21-02-2026, 19:17
85 марта

Isroil armiyasi jangovar tayyorgarlikni kuçaytirdi
AQŞning Eronga zarba berişi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan Isroil armiyasini (TsAXAL) yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.Isroil armiyasi vakili Efi Defrin öz bayonotida harbiylar mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, operatsion vaziyatdagi har qanday özgarişga tezkor javob berişga tayyorgarlik körilgan. Defrin, şuningdek, fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga işonişga çaqirgan.
Isroil OAVlari avvalroq AQŞ Eronga “tez orada” zarba berişi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Şu fonda Içki front qömondonligiga yuqori tayyorgarlik holatiga ötiş buyurilgani aytilmoqda.
Isroilning “12-kanal”i malumotiga köra, agar AQŞ Eronga hujum qilsa, Isroil ham harbiy harakatlarga qöşilişi mumkin.
Bir qator naşrlar tomonidan elon qilingan xabarlarda AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga keng kölamli zarba beriş-bermaslik masalasida qaror qabul qiliş arafasida ekani aytilmoqda. Diplomatik yöllar torayib borayotgani, biroq harbiy variantlar hali ham körib çiqilayotgani takidlanmoqda.