USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda prezidentlikka nomzodlar 11 nafarga yetdi

53 марта
Қирғизистонда президентликка номзодлар 11 нафарга етди

Qirğizistonda 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaşiş uçun 11 kişi nomzod sifatida ilgari surildi. Nomzod körsatiş muddati bugun, 13 noyabr kuni yakunlandi. Bu haqda Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, prezidentlikka nomzodini ilgari surganlar orasida Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov, Siymik Japikeyev, Akay Xidirov, Işoq Masaliyev, Sadir Japarov, Baqtibek Xolmamatov, Baqitbek Odilov, Amur Ayba Meder, Mambetyunus Abilov va Klara Sooronkulova bor.

Malum qilinişiça, ayni paytda nomzodlarni qöllab-quvvatlovçi saylovçilar imzolarini yiğiş jarayoni davom etmoqda. Bu bosqiç joriy yilning 8 dekabrigaça davom etadi. Qonunçilikka köra, har bir nomzod röyxatga olinişi uçun kamida 30 ming saylovçining imzosini töplaşi kerak.

Nomzodlarni röyxatga oliş uçun zarur hujjatlarni qabul qiliş esa 13 dekabrgaça davom etadi. Nomzodlar va ularning vakolatli vakillari yetişmayotgan hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etişi mumkin.

Prezidentlikka nomzodlarni röyxatga oliş jarayoni 23 dekabr kuni yakunlanadi.

Malumot uçun, Qirğizistonda prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvarga belgilangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mambetyunus Abilov Markaziy saylov komissiyasini Qirğiziston prezidentligiga nomzodini qöyiş niyati haqida xabardor qilib, mamlakatdagi oliy davlat lavozimiga hisob böyiça 10-nomzodga aylangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: