USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Iroq Hormuzni aylanib ötib, neft olib çiqişni boşladi – “Reuters”

47 марта
Ироқ Ҳормузни айланиб ўтиб, нефть олиб чиқишни бошлади – “Reuters”

Iroq Hormuz böğozidagi kemalar qatnovi uzilişlari sababli ön yillar davomida deyarli foydalanilmagan Suriya orqali ötuvçi quruqlik yönalişi böylab neft eksportini qayta tikladi. Yuzlab benzovozlar xomaşyoni sahro orqali Örta Yer dengizidagi Suriyaning Baniyas portiga yetkazib beriş uçun Basra yaqinidagi omborxona oldida navbatga turibdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, taşiş xarajatlari qimmatligiga qaramay, Suriyadagi köp yillik mojaro yakunlangani bois uşbu yönaliş yana jozibador bölib qolgan.

“Joriy yilning oktyabr oyidan beri Iroq neftini Baniyasga Qatarning UCC Holding energetika xoldingi taşimoqda”, deya malum qilgan Basra Oil Company davlat kompaniyasi boş direktori Bassem Abdul Karim. 

Uning sözlariga köra, SOMO davlat eksportçi kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, xolding sutkasiga 120 mingdan 150 ming barrelgaça neft olib çiqmoqda, hajm esa böş yuk maşinalari soniga boğliq.

Kelişuv şartlaridan xabardor manbaning malum qilişiça, UCC ixtiyorida 6 mingta yuk maşinasi mavjud va kompaniya avtoparkni 10 mingtagaça kengaytirmoqda. Haydovçilardan biri Işoq Muhammad şunday deydi:

“Biz neftni Tuba omborxonasidan yuklaymiz va Baniyasga olib boramiz. Boriş va qaytiş yöli beş kungaça vaqt oladi”.

Kelişuv kuçga kirgan 26 oktyabrdan buyon UCC qariyb 1,6 million barrel neft olib çiqqan. “Reuters” tanişgan hujjatga köra, 14 oktyabrdan boşlab uç oy davomida xolding bir barreli uçun 38 dollar çegirma bilan 5 milliondan 14 million barrelgaça oğir neft yuklaşni rejalaştirmoqda. Suriya orqali taşiş uçun UCC har bir barrel uçun taxminan 12 dollar oladi. Baniyasdan neft tankerlarda Örta Yer dengizidagi neftni qayta işlaş zavodlariga, jumladan, Gretsiya, Italiya va Turkiyaga yuboriladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Vaşingtonga endi Eron bilan kelişuv kerak emasligini, çunki AQŞda “ularning böğozi borligini” malum qilgandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: