USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Poraxörlikda ayblanayotgan Mongoliya Prezidenti istefoga çiqişini elon qildi

47 марта
Порахўрликда айбланаётган Монголия Президенти истеъфога чиқишини эълон қилди

Mongoliya Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux mamlakatdagi temir yöl loyihasi bilan boğliq korruptsiyada ayblanganidan keyin istefoga çiqişini elon qildi. U 2019 yilda boş vazir lavozimida işlagan vaqtida Tavantolgoy–Gaşuunsuxayt temir yöli qurilişi uçun ajratilgan şartnoma orqali 25 million dollar olganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur ayblovni joriy yilning 15 noyabr kuni Ulan-Batorning sobiq meri Xişgiyin Nyambaatar ilgari surgan. U ham prezident azo bölgan hukmron Mongoliya Xalq partiyasining boşqa fraktsiyasi vakili hisoblanadi. Şundan söng muxolif Demokratik partiya ham prezidentni istefoga çaqirgan.

Ayblovlarga köra, Xurelsux 2019 yilda temiryöl qurilişi böyiça şartnoma mamlakatning yirik konglomeratlaridan biri – Bodi International kompaniyasiga tanlov ötkazilmasdan berilişini taminlagan va buning evaziga pora olgan.

Prezident esa özining xalq yoki davlatdan heç qaçon pul öğirlamaganini aytib, ayblovlarni rad etgan. U bugun, 17 noyabr kuni xalqqa qilgan murojaatida bir oydan ortiq vaqt davomida şaniga nisbatan uzluksiz hujumlar bölayotganini bildirgan va prezidentlik vazifasini topşirib, oddiy fuqaroga aylanişini malum qilgan. Şuningdek, tergovçilar bilan hamkorlik qilişga tayyorligini aytgan.

Bodi International kompaniyasi ham keça, 16 noyabr kuni tarqatgan bayonotida yuqori lavozimli davlat amaldorlari va xizmatçilariga pora bermaganini bildirgan. Kompaniya ayblovlarni tuhmat deb atab, qonunbuzarlikka yöl qöymaganini takidlagan.

Malumot uçun, Uxnaagiyn Xurelsux 2021 yilda uning partiyasi parlament saylovlarida köpçilik örinni qölga kiritganidan keyin prezident lavozimiga kelgan. Sönggi yillarda partiya içidagi kelişmovçiliklar kuçaygan. Mamlakatda sönggi töqqiz oy içida uç nafar boş vazir almaşgan.

Prezidentning istefosi parlament – Davlat Buyuk Xurali tomonidan qabul qilinganidan keyin kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziya vitse-prezidenti Gibran Rakabuming Raka xorijda olgan talimiga oid hujjatlari va lavozimga saylaniş huquqi yuzasidan paydo bölgan şubhalar fonida istefoga çiqqani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: