USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda Xitoy avtomobillari savdosi qariyb 50 foizga oşdi

100 марта
Ўзбекистонда Хитой автомобиллари савдоси қарийб 50 фоизга ошди

Joriy yilning oktyabr oyida Özbekistonda 36 176 dona yangi avtomobil sotildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 12 foizga kam, biroq sentyabr körsatkiçidan 6,3 foizga köp. Bu haqda Özbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni böyiça yangi avtomobillarning umumiy sotuv hajmi 318 ming 949 donani taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming 257 dona avtomobilga yoki 6,5 foizga kamaygan.

Bozorning asosiy tendentsiyalaridan biri Xitoy avtomobil brendlarining mavqeyini mustahkamlaş bölib qolmoqda. Yanvar-oktyabr oylari yakunlariga köra, ularning umumiy uluşi 2025 yilning şu davriga nisbatan 6,8 foiz punktiga oşib, 18,4 foizga yetgan. Şu bilan birga, avtomobil bozorining umumiy qisqarişiga qaramay, Xitoy avtomobillari sotuvi 48,2 foizga oşgan.

Hududlar kesimida ön oyda eng köp yangi avtomobillar Toşkent şahri (92 567 dona), Samarqand (25 899) va Farğona (25 132) viloyatlarida sotilgan. Eng kam sotuv hajmi Qoraqalpoğiston Respublikasi (9 384) va Sirdaryo viloyatida (4 952) qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda jismoniy şaxslarga tegişli avtotransport vositalari soni 5 million donaga yaqinlaşgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: