Makron özini ukrainlar qatoriga qöşib yubordi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Berlindagi matbuot anjumanida Ukraina va NATOga azolik masalasi haqida gapirayotib, özini hamda boşqa yevropaliklarni ukrainlar deb atab yubordi. Siyosatçi öz fikrini bayon qiliş davomida gapida adaşgani matbuot anjumanidagi nutqidan malum böldi. Bu haqda “Gazeta.Ru” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Makron Berlindagi matbuot anjumanida Ukraina masalasi yana muzokaralar kun tartibiga qaytişi kerakligini takidlagan. U öz fikrini bildiriş jarayonida “biz — ukrainlar, yevropaliklar” deya murojaat qilgan va şu paytda özini ham ukrainlar qatoriga qöşib yuborgan.
“Menimça, bugun uşbu masala, jumladan, biz — ukrainlar va yevropaliklar uçun ham yana dolzarb bölib bormoqda”, degan Frantsiya Prezidenti.
Makronning bu gapi Ukraina bilan boğliq masalalar, xususan, mamlakatning NATOga ehtimoliy azoligi muhokama qilinayotgan bir paytda yangragan. 19 noyabr kuni Frantsiya rahbari Ukrainaning alyansga qöşilişi mumkinligi mavzusini muzokaralar kun tartibiga qayta kiritiş zarurligini bildirgan edi.
Berlindagi uçraşuvda Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiya rahbarlari, NATO Boş kotibi Mark Ryutte hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iştirok etgan. AQŞ delegatsiyasi tarkibida esa prezidentning maxsus vakillari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff bölgan.
Mazkur uçraşuvdan bir neça kun avval Makron Ukraina NATOga azo bölişi kerakligini takidlagan. Uning fikriça, bunga mamlakatning harbiy salohiyati asos böla oladi. Frantsiya Prezidenti Ukraina “Evropadagi eng kuçli ananaviy armiyaga ega” ekanini aytib, Kiyevga alyans doirasida “munosib örin” berilişi lozimligini bildirgan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi Frantsiya rahbarining Ukrainani NATOga qabul qiliş haqidagi talabiga kinoya bilan munosabat bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq, NATO Rossiya hududining içkarisidagi harbiy bazalar, qurol-yaroğ omborlari va sanoat obektlariga zarba beriş böyiça öz yondaşuvini qayta körib çiqayotgani haqida xabar berilgandi. Alyans uzoq masofaga zarba beruvçi qurollardan foydalaniş va bunday zarbalarga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş imkoniyatini muhokama qilayotganini malum qilgan.