USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Makron Rossiyani keskin ogohlantirdi

245 марта
Макрон Россияни кескин огоҳлантирди

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaning Yevropa va Frantsiyaga qarşi gibrid hujumlar kampaniyasini kuçaytirayotganini aytib, bunga javob qaytarilişini vada qildi. Bu haqda u keça, 18 sentyabr kuni Parijda xalqaro vaziyat va uning oqibatlariga bağişlangan uçraşuvdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.

“Sönggi haftalarda yevropaliklar va Frantsiyaga, ayniqsa Rossiya tomonidan yuzaga kelayotgan gibrid tahdid kuçaydi”, degan Makron.

Uning aytişiça, Moskva Yevropani qörqitiş va qitaning Rossiya bilan uruşda Ukrainani qöllab-quvvatlaş borasidagi qatiyatini susaytirişga urinmoqda.

“Buning natijasi aksinça böladi. Biz qörqmaymiz, çunki bugun ham, ertaga ham xavfsizligimiz Ukrainada hal qilinayotganini bilamiz”, degan Frantsiya Prezidenti.

Şuningdek, Makron Rossiyaning tajovuzkor harakatlari özgarib borayotganiga misol sifatida avgust oyida Leyptsig aeroportida sodir bölgan dron hujumiga urinişni keltirgan. Germaniya hukumati mazkur hodisa ortida Moskva turganini bildirgan.

Rossiya esa Yevropa davlatlarining gibrid hujumlar haqidagi ayblovlarini asossiz deb hisoblaydi. Moskva bunday bayonotlarni Rossiyaga qarşi kayfiyatning kuçayişi bilan izohlamoqda.

Makron matbuot anjumanida Frantsiyadagi yuqori yonilği narxlari masalasiga ham töxtalgan. Yonilği narxlarining oşişi hukumatga qöşimça bosim ötkazmoqda. Hukumat kelasi yil uçun byudjet taqçilligini kamaytirişga qaratilgan rejani yakunlaşga urinayotgan bir paytda mamlakat aholisi turmuş xarajatlari oşişidan norozilik bildirmoqda.

Frantsiyaning yuqori byudjet taqçilligi hukumatning yonilği xarajatlarini qoplaşga yordam beriş imkoniyatlarini ham çeklamoqda. Makron yonilği narxlarining oşişiga Frantsiya tanlamagan va unda iştirok etmayotgan Yaqin Şarqdagi uruş sabab bölayotganini aytgan.

Makronning malum qilişiça, yaqin haftalarda “Katta yettilik” (G7) davlatlari yiğilişi ötkaziladi. Unda azo davlatlar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş hamda davom etayotgan energetika inqirozi şaroitida taminotni barqarorlaştiriş masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropa qöşinlarining Ukrainaga kiritilişi Rossiya bilan uruşga olib kelişini aytib, Yevropa davlatlarini keskin ogohlantirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: