USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Ukrainadagi uruş tufayli qiyin ahvolda – Tramp

67 марта
Путин Украинадаги уруш туфайли қийин аҳволда – Трамп

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarşi boşlagan uruş sabab hozir qiyin vaziyatda qolganini aytdi. Uning takidlaşiça, bir kunda yakunlanişi kerak bölgan uruş beş yildan buyon davom etmoqda. Bu haqda “Evropeyskaya pravda” naşri xabar berdi.

Malum qilinişiça, 20 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Trampdan Putinni AQŞning dösti deb hisoblaydimi, deb söraşgan. Amerika Prezidenti AQŞ nomidan bunday bayonot bera olmasligini bildirgan, biroq Rossiya yetakçisi bilan şaxsan yaxşi munosabatlarga ega ekanini aytgan.

“U bilan munosabatlarimiz juda yaxşi. Uning yadroviy qurollari juda köp – bu borada u bizdan keyin ikkinçi örinda turadi. Bu juda yaxşi”, degan Tramp.

Şu bilan birga, u Putin hozir qiyin davrni boşdan keçirayotganini takidlagan.

“U hozir qiyin ahvolda, çunki bir kunda tugaşi kerak bölgan uruşni olib bormoqda, ammo bu uruş allaqaçon beş yildan beri davom etyapti. Ikki tomondan ham köplab odamlar halok böldi. Menimça, bu uruş tugaydi. Putin bilan munosabatlarim yaxşi, deb öylayman”, deya qöşimça qilgan AQŞ Prezidenti.

Matbuot anjumanida Tramp Putin unga Ukraina bilan uruşni diplomatik yöllar orqali yakunlaşni istaşini bildirganini ham aytgan.

Malumot uçun, 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahridagi uçraşuv oldidan Donald Tramp Davlat kotibi Marko Rubio va Moliya vaziri Skott Bessent bilan zalga kirgan. U yerda Vladimir Putinni körsatib, hazilomuz tarzda “U kim? U mening döstim”, degan va keyin Rossiya Prezidenti bilan qöl berib körişgan.

Trampning bu harakati AQŞ siyosatçilari tanqidiga sabab bölgan. Xususan, Senat Taşqi aloqalar qömitasining yuqori lavozimli azosi, demokrat Janna Şaxin Rossiya prezidentini “qonxör uruş jinoyatçisi” deb atagan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Putin Tramp uçun döst bölişi mumkinligini, ammo Ukraina uçun u duşman va qotil ekanini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq avvalroq19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida AQŞ Prezidenti Donald Tramp, XXR Raisi Si Tszinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uç tomonlama muzokaralari bölib ötgandi. Uçraşuv Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi “Tsilin Şançjuan” davlat qarorgohida ötkazilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: