USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saddam Husaynning 35 yildan beri saqlanayotgan samolyoti sotiladi

54 марта
Саддам Ҳусайннинг 35 йилдан бери сақланаётган самолёти сотилади

Iroq 1991 yildan beri Tunisda saqlanayotgan ikkita Boeing 747 samolyotini sotuvga çiqardi. Ularning umumiy qiymati 1,8 million dollarga baholangan. Samolyotlardan biri Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn davrida hukumat ehtiyojlari uçun foydalanilgan. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi. 

Malum qilinişiça, sotuvga qöyilgan samolyotlardan biri 1982 yilda işlab çiqarilgan, YI-ALM röyxat raqamiga ega Boeing 747SP hisoblanadi. “Al-Qodisiya” deb nomlangan uşbu samolyot maxsus hukumat reyslari uçun jihozlangan. Uning salonida yotoqli örindiqlar, konferentsiya xonasi va alohida xonalar mavjud.

Samolyot 1991 yil yanvaridan buyon Tunis janubidagi Tozer-Nefta aerodromida turibdi. Sanktsiyalar, moliyaviy nizolar va saqlaş xarajatlarining ortib borişi uni Iroqqa qaytarişga tösqinlik qilgan. Iraqi Airways kompaniyasi Saddam Husayn aynan şu samolyotda uçganini rasman tasdiqlamagan. Şunga qaramay, uning maxsus jihozlanişi va saqlanib qolgan fotosuratlar bu taxminni kuçaytiradi. Jumladan, 1983 yil oktyabrida samolyot Husayn iştirokidagi hukumat muzokaralari vaqtida Londonda bölgan. 1986 yilda esa Iroq rahbari Moskvaga taşrifi çoğida Boeing 747SP samolyoti oldida suratga tuşgan.

Sotuvdagi ikkinçi samolyot YI-AGP röyxat raqamiga ega Boeing 747-200 bölib, u yölovçi va yuk taşiş uçun işlatilgan. Havo kemasi 330 nafargaça yölovçini taşişga möljallangan.

Samolyotlar hozirgi holatida sotilmoqda va ularga heç qanday texnik kafolat berilmaydi. Iraqi Airways ularning qayta parvoz qila olişi mumkinligi haqida malumot bermagan. Tunis ommaviy axborot vositalari esa samolyotlarni parvozga yaroqsiz deb baholamoqda.

Xaridor samolyotlarni olib çiqiş, bojxona rasmiylaştiruvi va soliqlar bilan boğliq barça xarajatlarni öz zimmasiga oladi. Savdoda qatnaşiş uçun har bir samolyot böyiça 180 ming dollar miqdorida kafolat puli kiritiş talab etiladi.

Avval ham samolyotlarni sotişga urinişlar bölgan, ammo natija bermagan. 2023 yilda Iroq ularning har biri uçun 494 ming dollar söragan. Tozer aeroportida samolyotlarni uzoq vaqt saqlaş mamlakatga qimmatga tuşgan: 2020 yilda Iroq bu borada töplangan qariyb 5,4 million dollar qarzni tölagan. Agar 2027 yil yanvargaça xaridor topilmasa, Iraqi Airways samolyotlarni metallolomga topşiriş imkoniyatini körib çiqişi mumkin.

Saddam Husayn kim edi?

Saddam Husayn (1937–2006) – Iroqning sobiq prezidenti va “Baas” partiyasi rahbari. U 1979–2003 yillarda mamlakatni boşqargan. Hukmronligi davrida Iroq 1980–1988 yillarda Eron bilan uruş olib borgan. 1990 yilda esa uning buyruği bilan Iroq qöşinlari Quvaytga bostirib kirgan. Bu voqea 1991 yilgi Fors körfazi uruşiga sabab bölgan.

2003 yilda AQŞ boşçiligidagi harbiy amaliyot natijasida Husayn hokimiyati ağdarilgan. U şu yil dekabr oyida Tikrit yaqinidagi yerosti boşpanasida qölga olingan. 2006 yilda Iroq sudi uni Ed-Dujaylda 148 nafar şiani öldirişda aybdor deb topib, ölim jazosiga hukm qilgan. Hukm 2006 yil 30 dekabrda Bağdodda ijro etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: