Kanada Boş vaziri Trampni masxara qildi
Kanada Boş vaziri Mark Karni AQŞ Prezidenti Donald Trampning raqs harakatlari va imo-işoralariga taqlid qiluvçi komikni sahnaga taklif qilib, ikki mamlakat örtasidagi tarang munosabatlarni hazilomuz tarzda tanqid qildi. Bu haqda “Huffpost” xabar berdi.
Mamlakat poytaxti Ottavada parlament matbuot galereyasining yillik keçki ziyofatida sözga çiqqan Karni Trampning Kanadani AQŞning 51-ştatiga aylantiriş haqidagi bayonotlariga, şuningdek, ikki davlat örtasidagi savdo muzokaralariga töxtalib ötgan.
Tramp qiyofasini gavdalantirgan komik Amerika Prezidentining öziga xos imo-işoralari va raqs harakatlarini takrorlagan holda sahnaga çiqqan, Karnining yoniga kelib, çiqişni u bilan birga davom ettirgan.
Kanada Boş vaziriga yuzlanar ekan, komik şunday degan:
“Mark, biz ajoyib kelişuv tuzamiz. Men uning yuziga qarab “gubernator” emas, Mark deb murojaat qilyapman, çunki men qörqoqman”.
Trampning Kanadani AQŞning 51-ştatiga aylantiriş taklifiga işora qilib, komik qöşimça qilgan:
“Lekin biz ajoyib bitim tuzamiz. Oldimizda faqat bitta tösiq turibdi – u ham bölsa menman, çunki men tentakman”.
Karni, şuningdek, Tramp Oq uyning Oval kabinetida amalga oşirişni buyurgan haşamatli özgarişlar ustidan ham hazil qilgan.
Tramp tomonidan oltin elementlar, zarhal bezaklar va portretlar bilan yangilangan Oval kabinetga taşrifini eslab, Kanada Boş vaziri şunday degan:
“Bu oddiy zal emas, men Oval kabinetda bölganman. Yakka özim. Yangi interer dizayneri bilan birga”.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mark Karni “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida Kanada oxirgi bir yil davomida AQŞning mamlakatga qarşi harbiy operatsiyasi stsenariysiga tayyorgarlik körganini aytgan edi.