Eron rasmiysi AQŞ bilan muzokaralarni boşlaş uçun 7 ta şartni aytdi
Eron parlamenti raisi Muhammad Boqir Ğolibof yettita şart bajarilmagunga qadar Tehron Vaşington bilan muzokaralar olib boriş yölida heç qanday qadam taşlamasligini malum qildi. Uning sözlariga köra, Eron AQŞning ehtimoliy harakatlariga javob berişga tayyor. Bu haqda Ğolibof parlamentning oçiq majlisida gapirdi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa Amerika rasmiylarining bayonotlariga munosabat bildirar ekan, u Eronga nisbatan tahdidlar va iqtisodiy bosimning davom etişi Vaşingtonning Tehron oldidagi ojizligidan dalolat berişini takidlagan.
Ğolibof Eronning AQŞ bilan muzokaralar masalasidagi pozitsiyasi aniq va özgarmas bölib qolayotganini qayd etgan.
“Avval aytganimizdek, Eronning yettita şarti bajarilmagunça heç qanday qadam taşlanmaydi va heç qanday muzokaralar ötkazilmaydi”, deydi u.
Eronning AQŞ tomonidan bölişi mumkin bölgan hujumlarga javob berişga tayyorligini takidlar ekan, Ğolibof şunday deydi:
“Agar duşman xatoga yöl qöysa, biz qatiy javob berişga, jumladan, uruş geografiyasini özgartirişga tayyormiz”.
Tehron AQŞ bilan keng kölamli muzokaralarni boşlaş va Hormuz böğozini oçiş uçun ilgari surilgan yettita şart bajarilişini qatiy talab qilmoqda.
Eron talablari orasida dengiz blokadasini olib taşlaş, savdo va neft kemalarining Hormuz böğozi orqali xavfsiz ötişini taminlaş, Tehronga qarşi bir tomonlama sanktsiyalarni bekor qiliş, Eronga neft eksporti uçun istisno taqdim etiş, aktivlarni muzlatişdan çiqariş, şuningdek, barça frontlarda uruşni töxtatiş örin olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron rasmiylari tajovuz sodir etilgan taqdirda Yevropaning bir qator davlatlaridagi Amerika bazalari nişonga aylanişi mumkinligidan ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi.