Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼ USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

KXDR Pxenyandagi Şveytsariya diplomatik vakolatxonasini yopişni talab qildi

13 марта
КХДР Пхеньяндаги Швейцария дипломатик ваколатхонасини ёпишни талаб қилди

Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi Pxenyandagi olti yillik tanaffusdan söng atigi bir oy oldin öz faoliyatini qayta tiklagan Şveytsariya diplomatik byurosini yopişni talab qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, diplomatik vakolatxona rahbari Silven Aste “persona non grata” (istalmagan şaxs) deb elon qilingan. Uşbu qaror Şimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar tufayli qabul qilingan.

Bugun, 25 noyabr kuni Silven Astega 48 soat içida Şimoliy Koreyani tark etiş buyurilgan. KXDR TIV Yevropa departamenti rahbari Pak Xyon Su Asteni çaqirtirib, unga “Şveytsariya Konfederatsiyasi hukumatining oçiqdan oçiq duşmanona harakati munosabati bilan” diplomatik vakolatxonani yopiş talabi bayon etilgan notani topşirgan. Pxenyanning noroziligiga “Sondovon” bolalar oromgohining sanktsiyalar röyxatiga kiritilgani sabab bölgan. 

“KXDRning suveren huquqlari va uning fuqarolari manfaatlariga tajovuz qiluvçi harakatlar heç qanday holatda qabul qilinişi mumkin emas”, deyiladi xabarda.

“The Associated Press”ning yozişiça, joriy yil noyabr oyi boşida Şveytsariya hukumati “Sondovon” oromgohini sanktsiyalar röyxatiga kiritgan, çunki uşbu muassasa ukrainalik bolalarni Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan köçiriş dasturlarida iştirok etmoqda. Takidlanişiça, oromgoh hududida bolalar tarğibot tasiriga duçor böladi va rossiyaparast qaraşlarni tarqatişga qaratilgan tadbirlarda qatnaşadi. Avvalroq, “Sondovon”ga qarşi xuddi şunday sanktsiyalarni Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi ham joriy etgan.

Pxenyandagi Şveytsariya byurosi dastlab koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan olti yillik tanaffusdan söng 2026 yil 19 oktyabrda öz işini qayta boşlagan edi. Oktyabr oyi oxirida diplomatik vakolatxonaning rasmiy oçiliş marosimida iştirok etiş uçun KXDRga Şveytsariya Taşqi işlar vaziri Inyatsio Kassis taşrif buyurgan.

Malumot uçun, Şveytsariya Şimoliy Koreya bilan 1974 yilda diplomatik munosabatlar örnatgan va Pxenyan bilan muloqotni saqlab qolgan kam sonli Ğarb davlatlaridan biri bölib qolmoqda. Qayd etilişiça, KXDRning hozirgi rahbari Kim Çen In va uning singlisi Kim Yo Çjon ösmirlik çoğlarida – 1990 yillarda Şveytsariyada tahsil olgan. 1997 yilda Pxenyanda Şveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining asosan gumanitar dasturlar bilan şuğullanuvçi “hamkorlik ofisi” oçilgan. U 2020 yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi sababli yopilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: