Kim 30 yildan ortiq davom etgan diplomatik ananani özgartirdi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 10 ta davlat elçisining işonç yorliqlarini şaxsan qabul qildi. Bu orqali u mamlakatda 30 yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelgan diplomatik ananani özgartirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Financial News” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 22 noyabr kuni Pxenyandagi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qömitasi binosida ötkazilgan marosimda Rossiya, Şvetsiya, Braziliya, Hindiston, Vetnam, Indoneziya, Çexiya, Filippin, Tailand va Bangladeş elçilari iştirok etgan.
Kim Çen In diplomatik vakillar bilan alohida uçraşgan va ular bilan esdalik uçun suratga tuşgan. Marosimda Şimoliy Koreya Taşqi işlar vaziri Çxve Son Xuey ham qatnaşgan. Malumotlarga köra, Şimoliy Koreya asosçisi Kim Ir Sen davrida xorijiy elçilarning işonç yorliqlarini bevosita mamlakat rahbari qabul qilgan. Kim Çen In hokimiyatga kelgaç, bu vazifa Oliy Xalq Assambleyasi Doimiy qömitasi raisiga ötkazilgan.
Joriy yilning mart oyida Konstitutsiyaga kiritilgan özgartirişlar bilan uşbu vakolat yana Davlat işlari komissiyasi raisiga qaytarilgan. Kim Çen In esa yangi vakolatidan birinçi marta mazkur marosimda foydalangan. Marosimda sözga çiqqan Kim Çen In mamlakat barqaror va muvozanatli iqtisodiy ösişga intilayotganini, şuningdek, taşqi aloqalarni rivojlantirişga ahamiyat qaratayotganini takidlagan. Uning aytişiça, xorijiy diplomatlarning imtiyozlari va daxlsizligi xalqaro huquq doirasida kafolatlanadi.
Şuningdek, u Şimoliy Koreya taşqi siyosatining asosiy tamoyillari tinçlik, taraqqiyot va farovonlik ekanini bildirgan. Mamlakat suverenitetini hurmat qiladigan davlatlar bilan döstlik va hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini aytgan.
Kim Çen In mintaqada hukmronlik örnatiş yoki hududlarni kengaytiriş maqsadlari yöqligini takidlagan. Şu bilan birga, milliy xavfsizlikni taminlaş nuqtai nazaridan harbiy salohiyatni oşiriş zarurligini himoya qilgan.
Janubiy Koreyaning Birlaşiş vazirligi mazkur marosimni Kim Çen Inning davlat rahbari sifatidagi mavqeini içki va xalqaro miqyosda mustahkamlaşga qaratilgan qadam sifatida baholagan.
Mutaxassislar fikriça, turli qitalarda joylaşgan davlatlar elçilarining marosimda iştirok etişi Şimoliy Koreyaning diplomatik aloqalarini diversifikatsiya qilişga intilayotganini körsatişi mumkin.