Kim Rossiya armiyasida xizmat qilgan askarlarni taqdirladi
23-08-2025, 08:52
178 марта

Kim Rossiya armiyasida xizmat qilgan askarlarni taqdirladi
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In Kursk viloyatida harbiy amaliyotlarda qatnaşgan Şimoliy Koreya xalq armiyasi askar va qömondonlarini mukofotlaş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Şimoliy Koreyaning Markaziy davlat axborot agentligi xabar berdi.Tadbir Pxenyanda, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qömitasi qarorgohida bölib ötgan.
Kim Çen In nutqida xorijdagi harbiy operatsiyada qatnaşganlarni “tarixga muhrlanadigan buyuk qahramonliklarni amalga oşirdi” deb takidlagan.
Uning sözlariga köra, Koreya xalq armiyasi jangçilari mamlakatning mavjudligi va taraqqiyoti uçun mustahkam kafolat yaratgan. U, şuningdek, KXDR Qurolli kuçlari butun dunyo etiborini tortgani va “xalq armiyasining qudratini isbotlaganini” qayd etgan.
Davlat rahbarining takidlaşiça, xorijdagi harbiy amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanişidagi asosiy omil – xalq ommaviy qahramonligi bölgan.
Xabarga köra, marosimda askar va qömondonlarga KXDRning eng yuqori davlat mukofotlari, jumladan, “KXDR Qahramoni” unvonlari topşirilgan.
Malumot uçun, 2024 yilning 19 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Pxenyanga taşrifi çoğida mamlakatlar strategik hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolagandi. Unga köra, mamlakatlardan biriga hujum qilingan taqdirda ular bir-biriga harbiy yordam körsatişga majbur.