Kim tugmani bosdi: yangi “yadroviy kema” navbatçilikka kirişdi
Şimoliy Koreya joriy yilning 6 sentyabr kuni Vonsan şahrida “Çxve Xyon” sinfidagi ikkinçi raketa taşuvçi harbiy kema – “Kan Kon”ni harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga qabul qildi. Bu haqda marosimda iştirok etgan Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In malum qildi.
Qayd etilişiça, 5 ming tonna suv siğimiga ega “Kan Kon” Şimoliy Koreya harbiy-dengiz kuçlarining Şarqiy dengiz flotida xizmat qiladi. Marosimda Kim Çen Inning rafiqasi Ri Sol Ju va qizi Kim Ju E ham iştirok etgan.
Kim Çen In kemani oddiy mudofaa vositasi emas, balki “zarba beruvçi esminets” deb atagan. Uning aytişiça, kema mamlakatning yadroviy javob tizimining bir qismi böladi.
Malum qilinişiça, “Kan Kon” “Çxve Xyon” raketa taşuvçi harbiy kemasida qöllanadigan qurol tizimlari bilan jihozlangan. Uşbu sinfdagi kemalar qanotli raketalar va boşqa raketa tizimlarini olib yurişi mumkin. Ayrim qanotli raketalar yadroviy kallaklarni taşişga qodir deb hisoblanadi.
“Kan Kon”ning qurilişi ham muammoli keçgan. Kema 2025 yil may oyida ilk bor suvga tuşirilayotgan paytda yonboşlab, qisman ağdarilib ketgan. Şundan keyin u qutqarilib, tamirlangan va taxminan bir oy ötib qayta suvga tuşirilgan. Ötgan yil iyul oyida Şimoliy Koreya “Kan Kon” iştirokida strategik qanotli raketalar va boşqa qurol tizimlarini sinovdan ötkazgan.
Şimoliy Koreya iyun oyida uşbu sinfdagi birinçi raketa taşuvçi harbiy kema – “Çxve Xyon”ni ham harbiy xizmatga qabul qilgan. U Ğarbiy dengiz flotiga joylaştirilgan. Şu tariqa Pxenyan mamlakatning şarqiy va ğarbiy sohillarida yangi avlod raketa taşuvçi harbiy kemalarga ega böldi.
Kim Çen In marosimda Şimoliy Koreya harbiy-dengiz kuçlarini kuçaytiriş böyiça “muhim reja” amalga oşirilayotganini aytib, uning natijalari sakkiz oy içida namoyiş etilişini bildirgan. Biroq u rejaning tafsilotlarini oçiqlamagan.
Şuningdek, Pxenyan kelgusi yillarda 5 ming tonnadan ortiq suv siğimiga ega yangi harbiy kemalar va 10 ming tonnali yirik kemalarni qurişni rejalaştirmoqda. Mamlakat yadroviy dvigatelga ega suvosti kemasini yaratiş ustida ham işlamoqda.
“Kan Kon”ning xizmatga qabul qilinişi AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya iştirokidagi beş kunlik “Freedom Edge” qöşma harbiy maşğulotlari boşlanişi arafasida amalga oşirilgan. Pxenyan esa bunday maşğulotlarni öziga nisbatan harbiy tahdid deb hisoblaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya AQŞning mamlakatni yadroviy qurolsizlantiriş haqidagi çaqiriqlarini rad etib, yadroviy qurollarini saqlab qolişi va yadroviy salohiyatini kuçaytirişda davom etişini malum qilgan edi.