Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,988 söm ▼ EUR: 13,115 söm ▼ RUB: 145 söm ▼ GBP: 15,656 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,264 söm ▼ USD: 11,988 söm ▼ EUR: 13,115 söm ▼ RUB: 145 söm ▼ GBP: 15,656 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,264 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tez orada Amudaryodan Qöştepa kanaliga suv oçiladi – OAV

76 марта
Тез орада Амударёдан Қўштепа каналига сув очилади – ОАВ
Россиялик олим ноҳақми: Ўзбекистонда сув танқислиги хавфи қанчалик жиддий?

Rossiyalik olim nohaqmi: Özbekistonda suv tanqisligi xavfi qançalik jiddiy?

Afğonistondagi Qöştepa kanali foydalanişga topşiriliş arafasida turibdi. Yaqin kelajakda kanalga Amudaryo suvi oçilişi kutilmoqda. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.

Uşbu loyiha Afğonistonning eng yirik suv infratuzilmasi loyihalaridan biri bölib, Amudaryodan suv oliş va mamlakat şimolidagi yuz minglab gektar qişloq xöjaligi yerlarini suğorişga möljallangan.

Afğoniston Milliy taraqqiyot korporatsiyasi (MTK) malumotlariga köra, Qöştepa kanalining ikkinçi bosqiçida qaziş işlari 99 foizga yakunlangan, ayni paytda 47 ta köprik va suvni boşqariş infratuzilmasi qurilişi davom etmoqda.

Korporatsiya matbuot kotibi Nabiulla Arğandivolning sözlariga köra, kanal qurilişi yakuniy bosqiçga kirgan va Milliy taraqqiyot korporatsiyasi yaqin kelajakda Amudaryodan boş suv inşooti hamda asosiy Qöştepa kanaliga suv oçiş ustida iş olib bormoqda.

U kanalning boş suv inşooti qurilişi davom etayotganini qöşimça qilib, korporatsiya loyihaning amalga oşirilişini diqqat bilan kuzatib borayotganiga işontirgan.

Naşrning yozişiça, loyihaning yakunlanişi ekin maydonlarini kengaytiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda Afğonistonning ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligini kamaytirişga yordam beradi.

“Eng muhim jihati şundaki, Afğoniston suvdan samarali foydalanişni taminlaş va qişloq xöjaligi sohasining ösişi hamda rivojlanişiga kömaklaşiş uçun kanalning suğoriş tizimiga zarur takomillaştirişlarni kiritişi kerak”, deydi iqtisodiy tahlilçi Mir Şakib Mir.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Qöştepa kanali soniyasiga qariyb 650 kub metr suv ötkaziş quvvatiga ega bölib, işga tuşirilgaç 500 mingdan 600 ming gektargaça qişloq xöjaligi yerlarini suğorişi kutilmoqda.

Afğoniston Qişloq xöjaligi va çorvaçilik palatasi boş direktori Vasim Safiyning aytişiça, Qöştepa kanali Afğonistonning eng yirik qişloq xöjaligi irrigatsiya loyihalaridan biri bölib, soha rivojiga turtki beradi.

“Uşbu kanal qurib bitkazilişi bilan qurğoqçilik va suv tanqisligi tufayli suğorişdan mahrum bölgan yerlar yana obihayot bilan taminlanadi va öz unumdorligini tiklaydi”, deydi u.

Qayd etiş joiz, joriy yilning 19 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Özbekiston Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev Afğoniston 2030 yilgaça Qöştepa kanali orqali Amudaryodan tölaqonli suv olişni boşlamasligini malum qilgan.

Vazirning aytişiça, Özbekiston transçegaraviy suv resurslaridan foydalaniş masalalari böyiça Afğoniston tomoni bilan doimiy muloqotda bölib kelmoqda. Xususan, joriy yilning noyabr oyida Afğoniston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari boşçiligidagi delegatsiya Toşkentga kelgan.

Şuningdek, öşa matbuot anjumanida Hamroyev Afğonistonning Amudaryo suvidan foydalanişga haqli ekanini bildirgan va kanal qurilişi yakunlangaç, suv oliş hajmi böyiça bitimlar imzolaşga kelişib olinganini aytgan.

“Quriliş yakunlanganidan keyin suv olişni boşlaşadi. Balki, 2050 yilda ham boşlaşi mumkin. Ammo 2030 yilgaça suv olmasligi aniq”, deydi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondagi Qöştepa suv inşooti qurilişi loyihasi AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligidan yaşirin moliyaviy yordam olgani va yordam “Tolibon” davrida ham davom etgani haqida xabar berilgan edi.

Qöştepa qurilişining ekologik oqibatlari

Amudaryo Markaziy Osiyoning asosiy daryolaridan biri bölib, Özbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afğonistonni suv bilan taminlaydi. Biroq  sönggi ön yilliklarda uning suv sathi keskin pasayib ketdi. XX asrda daryo Orol dengiziga quyilgan bölsa, bugungi kunda deyarli bir tomçi suv ham u yerga yetib bormaydi.

Qöştepa kanali loyihasi allaqaçon xalqaro bahslarga sabab bölgan. Asosiy muammo – Markaziy Osiyo uçun hayotiy ahamiyatga ega bölgan Amudaryodan suv oliş. Gap şundaki, daryoning quyi oqimida Turkmaniston va Özbekiston mavjud bölib, ular allaqaçon suv resurslari bilan boğliq qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda. Kanal qöşni davlatlardan yiliga 10 km kub suv olib ketişi mumkin. Bundan taşqari, kam suvli yillarda oqimning umumiy hajmi 40 km kubni taşkil qiladi, yani daryoning çorak qismiga sayoz bölib, bu ekologik vaziyatning yomonlaşişiga, suv omborlarining qurişiga va qurğoqçilikning kuçayişiga olib keladi. 

Qöştepa qurilişi suv taqsimoti muvozanatini buzadi. Markaziy Osiyo davlatlararo suv xöjaligini muvofiqlaştiruvçi komissiyasi malumotlariga köra, yangi kanal hisobiga Amudaryoning quyi oqimidagi köllar zarur suv oqimining atigi 30 foizini oladi. Bu çöllaniş jarayonining tezlaşişi va qurğoqçilikning yomonlaşişini anglatadi.

“Amerika soliq tölovçilarining pullari behuda ketmoqda, çunki loyiha juda ziddiyatli, jirkanç va mintaqadagi qöşnilar bilan kelişilmagan. Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa daryoning quyi oqimi Özbekiston, Turkmaniston katta zarar köradi”, deydi naşr manbasi.

Bundan taşqari, texnik muammolar yuzaga kelişi ehtimoli yuqori. Suniy yöldoşdan olingan suratlar quriliş işlari şoşilinç va tegişli nazoratsiz olib borilayotganini körsatadi. Kanal qirğoqlarini mustahkamlamasdan, ibtidoiy usulda qazilgan, bu esa qumli tuproqlarga oqib tuşişi oqibatida suv yöqotiş xavfini oşiradi. Bu suğoriş tizimining buzilişi va keyingi ekologik oqibatlarga olib kelişi mumkin.

“Quriliş sifati, tabiiyki, şubhali, çunki u asosan Afğoniston hukumatida zamonaviy texnologiyalar va katta miqdorda kapital yöqligi sababli ötgan asrdagi texnologiyalardan foydalangan holda qazilgan. Suv sizib çiqişi ham bölgan. Şunga öxşaş narsa suniy yöldoş tasvirlarida qayd etilgan”, deydi siyosatşunos va Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari Nikita Mendkoviç.

Uning sözlariga köra, bu çegara daryosi oqimining kamayişiga olib keladi va bu Özbekiston va Turkmanistonning quyi oqimdagi suv taminotiga salbiy tasir körsatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: