Eron MDH tarkibiga qöşilişi mumkin
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Eronga hamkor maqomini bermoqçi. Bu haqda MDH boş kotibi Sergey Lebedev TASSga bergan intervyusida malum qildi.
Uning aniqlik kiritişiça, gap islom respublikasi Prezidenti Masud Pezeşkiyon joriy yilning 9 oktyabr kuni Turkmanistonda ötgan sammitda tilga olgan “MDH+” formati doirasidagi hamkorlik haqida bormoqda.
“Uşbu masala, albatta, MDHdagi köpçilikda qiziqiş uyğotdi. Öylaşimça, baholar asosan ijobiy”, deydi Lebedev.
Uning sözlariga köra, ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Eron bunday maqomni olgan birinçi davlatga aylanadi.
Eslatib ötamiz, Pezeşkiyon “MDH+” formati mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, foydali qazilmalarni qazib oliş, transport infratuzilmasi va boşqa sohalarni rivojlantiriş uçun qöşma imkoniyatlardan foydalaniş imkonini berişini takidlagan edi.
Jumladan, Eron Prezidenti umumiy energetika tarmoğini yaratişni taklif qilgan. Uning yordamida “MDH+” davlatlari bozordan bir-birini siqib çiqariş örniga neft, gaz va elektr energiyasi işlab çiqariş hamda yetkazib berişni muvofiqlaştirişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, u Turkmaniston BMT Boş Assambleyasida taşkil etiş haqida gapirgan Markaziy Osiyodan Kaspiy orqali Janubiy Osiyo va Yevropaga ötuvçi transport yölagi uçun Eron infratuzilmasini jalb qilişni taklif etgan.
“MDH+” formati 2025 yil oktyabr oyida Qozoğiston taşabbusi bilan tasis etilgan. U Hamdöstlik tarkibiga kirmaydigan davlatlar va xalqaro taşkilotlarni özaro manfaatli yönalişlar böyiça hamkorlikka jalb etişni közda tutadi.