Qamçiq dovonida qor yoğyapti
Qamçiq dovonida qor va yomğir yoğmoqda, ayrim hududlarda esa tuman sabab köriş masofasi 800 metrgaça qisqargan. Bu haqda Qamçiq avtomobil yöli ixtisoslaştirilgan yöl-foydalaniş korxonasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, A373 “Toşkent – Ohangaron – Angren – Qöqon – Şahrixon – Andijon” avtomobil yölining 102–142 va 153–160-kilometrlari oraliğida yomğir, 142–153-kilometrlari oraliğida esa qor yoğmoqda.
Dovonda havo harorati +2 darajani taşkil etmoqda. Ayrim joylarda tuman tufayli köriş masofasi 800 metrgaça çeklangan.
Haydovçilarga tezlikni meyordan oşirmaslik, oraliq masofani saqlaş, quvib ötişda ehtiyotkor böliş hamda yomğir va tuman şaroitida çiroqlardan töğri foydalaniş tavsiya etilgan.