Toj Mahalda yuzlab maymunlar sayyohlarni sarosimaga soldi
Hindistonning Agra şahridagi Toj Mahal majmuasida 100 dan ortiq maymun tödasi paydo bölib, sayyohlarni hayratga soldi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea Kanpurdan oilasi bilan Toj Mahalga kelgan sayyoh tomonidan tasvirga olingan. Uning aytişiça, oilasi bilan maqbara yaqinidagi maydonda dam olayotgan vaqtida çap tomondan katta maymunlar tödasi kirib kelgan.
Biroq Hindiston Arxeologiya boşqarmasi (ASI) videoning qaçon olinganiga şubha bildirgan. Idora vakili tasvirlar bir neça oy avval suratga olingan bölişi mumkinligini aytgan.
Malum qilinişiça, Toj Mahal hududida maymunlar paydo bölişiga majmua atrofidagi yaşil maydonlar sabab bölmoqda. Ular hayvonlar uçun tabiiy yaşaş muhiti hisoblanadi. Arxeologiya boşqarmasi maymunlarning sayyohlar köp böladigan hududlarga kirişini çeklaş maqsadida ayrim joylarga simlar örnatgan.
Toj Mahalda maymunlar bilan boğliq muammo avvaldan mavjud. Sönggi oylarda sayyohlarning hayvonlar tomonidan quvilişi, hujumga uçraşi va tişlanişi holatlari qayd etilgan. Şu sababli, joriy yilning 28 sentyabr kuni Arxeologiya boşqarmasi Agra munitsipal korporatsiyasiga murojaat qilib, maymunlar hujumi bilan boğliq holatlarga aralaşişni söragan.
Idoralar malum qilişiça, Toj Mahal hududida sayyohlar xavfsizligini taminlaş Arxeologiya boşqarmasi zimmasida bölsa, maymunlarni tutib, boşqa joyga köçiriş Agra munitsipal korporatsiyasi masuliyatiga kiradi.
Har kuni minglab mahalliy va xorijiy sayyohlar taşrif buyuradigan Toj Mahalda maymunlar sonini nazorat qiliş hozirda masul idoralar oldidagi muammolardan biri bölib qolmoqda.