Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yana bir Markaziy Osiyo davlati Rossiya bilan AES qurişi mumkin

15 марта
Яна бир Марказий Осиё давлати Россия билан АЭС қуриши мумкин

Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma hamda Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi boş direktori örinbosari Dmitriy Konstantinov Duşanbeda bölib ötgan uçraşuvda respublikada kiçik atom elektr stantsiyalari (AES) quriş imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston Energetika vazirligi xabar berdi. 

“Suhbat çoğida tomonlar energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyiş, jumladan, Tojikiston Respublikasida kiçik atom elektr stantsiyalarini quriş imkoniyatlarini örganiş masalalarini körib çiqdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, uçraşuvda tomonlar “texnik, iqtisodiy va ekologik imkoniyatlarni, şuningdek, xavfsizlikni taminlaş va soha mutaxassislarini tayyorlaş masalalarini har tomonlama örganiş” zarurligi yuzasidan ham fikr almaşgan. 

“Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar muloqotni davom ettirişga hamda özaro manfaatli yönalişlar böyiça foydali hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqişga tayyor ekanliklarini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Malumot uçun, 2025 yilning mart oyida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçyov “Izvestiya” naşriga bergan izohida Tojikistonda Rossiya AESini quriş istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan, respublika uşbu taklifni örganayotganini va loyiha muzokaralarning dastlabki bosqiçida ekanini aytgan. 

Joriy yilning yanvar oyida Juma matbuot anjumanida TASS savoliga javob berib, gidroenergetika sohasida katta salohiyatga ega bölgan Tojikiston atom energetikasini rivojlantirişni ham dolzarb deb hisoblaşini va özi uçun bunday imkoniyatni istisno etmasligini bildirgan.

Respublika Energetika vazirligi malumotlariga köra, Tojikistonda elektr energiyasining qariyb 98 foizi gidroelektr stantsiyalar tomonidan işlab çiqariladi, şu bilan birga mamlakatda elektr energiyasi generatsiyasi manbalarini diversifikatsiya qiliş maqsadida quyoş va şamol elektr stantsiyalari sonini oşiriş rejalari mavjud. Umuman olganda, respublikaning gidroenergetika salohiyati yiliga 527 milliard kVt-soatdan ortiq baholanmoqda, bu esa Markaziy Osiyoning hozirgi ehtiyojlaridan ança yuqori.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: