Ispaniya qirğoqlariga ketayotgan migrantlar qayiğidan 14 kişining jasadi topildi
Ispaniyaning Kanar orollari yaqinida qariyb 100 nafar migrant bölgan qayiqdan 14 kişining jasadi topildi. Yana olti kişi oğir ahvolda şifoxonaga yetkazildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, qayiq El-Iyerro orolidan 72 kilometr janubda aniqlangan. Dengizda qutqaruv xizmati dastlab qayiq bortdan 8–10 kişining jasadi topilganini bildirgan. Keyinroq Ispaniyaning EFE axborot agentligi qirğoqqa jami 14 kişining jasadi olib çiqilganini xabar qilgan.
.png)
Qayiq La-Estaka portiga olib ketilayotgan bir vaqtda, boşqa qayiqdagi 84 nafar tirik qolgan migrant El-Iyerro orolining La-Restinga portiga yetkazilgan. Bu yerda migrantlarni qabul qiliş markazi va vaqtinçalik tibbiy yordam punkti faoliyat yuritadi.
Malum qilinişiça, sönggi vaqtlarda Kanar orollariga migrantlar oqimi keskin oşgan. Joriy yilning 25 noyabr kuni bir sutkada orollarga 2 100 kişi yetib kelgan. Bu bir kun içida qayd etilgan eng yuqori körsatkiç bölgan. Ularning aksariyati aholisi 11,4 ming kişidan iborat El-Iyerro oroliga kelgan.
.png)
Mintaqa rahbari Fernando Klavixo X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida navbatdagi fojia yuzasidan qayğu va ojizlik hissini bildirgan. U Ispaniya hukumati va Yevrokomissiyani vaziyatga aralaşişga çaqirgan.
“Gumanitar inqiroz El-Iyerroda boşlanmaydi, balki Senegal va Gambiya qirğoqlaridan boşlanadi. Biz aynan öşa yerda harakat qilişimiz kerak”, deb yozgan u.
Har yili minglab migrantlar Ispaniya hududiga yetib boriş uçun Atlantika okeanini haddan taşqari gavjum qayiqlarda kesib ötişga urinadi. Kuçli tölqinlar va dengiz oqimlari bu yönalişni dunyodagi eng xavfli migratsiya yöllaridan biriga aylantirgan. Kuzda dengiz şaroiti nisbatan qulaylaşişi sababli orollarga kelayotgan migrantlar soni odatda ortadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Senegal qirğoqlarida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq çökib ketgan edi. Hodisa oqibatida kamida 21 kişi halok bölib, bir kişi tirik qolgan.