Şifokorlar uçun ötkazilgan bayramda odamlar ommaviy zaharlandi
AQŞning Florida ştatida Şukronalik kuni munosabati bilan taşkil etilgan tuşlikdan söng 18 kişi ovqatdan zaharlandi. Ulardan 15 nafari şifoxonaga yotqizildi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmati hodisani “köplab jabrlanganlar bilan boğliq favqulodda holat” deb baholadi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea keça, 27 noyabr kuni Florida ştatidagi Mayami-Deyd okrugida yuz bergan. Leon Medical Centres tibbiyot markazi xodimlari uçun taşkil etilgan bayramona tuşlik Doral şahridagi kompaniyaning boş ofisida ötkazilgan.
Tuşlikdan köp ötmay ayrim xodimlarda oşqozon-içak tizimi bilan boğliq muammolar kuzatilgan. Şundan söng voqea joyiga favqulodda xizmatlar çaqirilgan. Ular vaziyatga “birinçi darajali ommaviy talofatlar hodisasi” deb baho bergan. Bunday holat yaqin atrofdagi şifoxonalardan qöşimça tibbiy yordam talab etilişini anglatadi.
Leon Medical Centres hodisa tibbiyot markazining bemorlarga xizmat körsatadigan muassasasida emas, balki boş ofisida sodir bölganini bildirgan. Kompaniya bayonotida tuşlikdan keyin ayrim xodimlarda oşqozon-içak tizimi bilan boğliq alomatlar paydo bölgani va ularga tibbiy yordam körsatilgani aytilgan.
Hozirda kompaniya ovqat yetkazib bergan taşkilot bilan birgalikda zaharlaniş sababini aniqlaş ustida işlamoqda. Jabrlanganlarning ahvoli va ularda kuzatilgan alomatlar haqida qöşimça malumot berilmagan.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari malumotiga köra, ovqatdan zaharlanişga köpinça salmonella yoki içak tayoqçasi (E. coli) bakteriyalari sabab böladi. Bunda qorin oğriği, iç ketişi, isitma va qusiş kuzatilişi mumkin.
Malumot uçun, 2016 yilda AQŞning Nyu-York ştatidagi Şukronalik kuni ziyofatidan söng qariyb 300 kişi zaharlangan. Öşa yili Kaliforniya ştatida ham bayramona tuşlik 3 kişining ölimiga sabab bölgan, yana 22 kişi oğir ahvolga tuşgan. Tekşiruvlarda zaharlanişga Clostridium perfringens bakteriyasi sabab bölgani aniqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyada hukumat tarqatgan bepul ovqatdan qariyb 800 nafar odam zaharlangan edi.