USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Töyga borgan yuzlab odamlar ommaviy zaharlandi

353 марта
Тўйга борган юзлаб одамлар оммавий заҳарланди

Joriy yilning 19 iyun kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida bölib ötgan töy marosimidan keyin ommaviy zaharlaniş holati qayd etildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qandioğaş şahridagi restoranga taşrif buyurgan 102 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Muassasa faoliyati vaqtinça töxtatilgan bölib, mutaxassislar zaharlaniş sabablarini aniqlamoqda.

Rasmiy malumotlarga köra, içak infektsiyasi tarqalişi Möğaljar tumaniga qaraşli Qandioğaş şahrida qayd etilgan. Soğliqni saqlaş boşqarmasining malum qilişiça, dastlabki bemorlar 19 iyun kuni tibbiy yordam sörab murojaat qilgan.

“Möğaljar tumani Qandioğaş şahridagi “Tumor” restoraniga taşrif buyurgan fuqarolar orasida içak infektsiyasi holatlari qayd etilgani munosabati bilan epidemiologik tekşiruv ötkazilmoqda. 19 iyundan buyon Möğaljar tuman şifoxonasi va viloyat klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasiga içak infektsiyasi belgilari bilan 102 bemor yotqizildi. Ularning 34 nafarida salmonellyoz kasalligi gumon qilinmoqda. Uşbu holatlar böyiça Aqtöbe viloyati Sanitariya-epidemiologiya nazorati departamentiga şoşilinç xabarnoma yuborildi hamda bakteriologik tahlil uçun namunalar olindi”, deyiladi Aqtöbe viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi xabarida.

Qayd etilişiça, şifoxonaga yotqizilgan bemorlarning ahvoli örtaça oğirlikda va ularga zarur tibbiy yordam töliq körsatilmoqda.

Rasmiy malumotlarga köra, vaziyatni muvofiqlaştiriş uçun tezkor ştab tuzilgan. Tumanga qöşimça tibbiy brigadalar yuborilgan, şifoxonalarda bemorlar uçun qöşimça örinlar va zarur dori-darmon zaxirasi tayyorlangan.

“Hozirda epidemiologik tekşiruv va ekspertiza işlari olib borilmoqda. Tergov doirasida oziq-ovqat mahsulotlari va atrof-muhit obektlaridan namunalar olinib, laboratoriya tahlillariga yuborildi. Epidemiyaga qarşi va profilaktik çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadida umumiy ovqatlaniş muassasasi faoliyati holatga oydinlik kiritilguniga qadar vaqtinça töxtatildi”, deyiladi Aqtöbe viloyati Sanitariya-epidemiologik nazorat boşqarmasi malumotida.

Hozirda mutaxassislar laboratoriya tekşiruvlari natijalarini kutmoqda. Ular infektsiya manbasini aniqlab berişi kerak. Qandioğaşdagi mazkur töy bilan boğliq holat sönggi yillarda mintaqada kuzatilgan eng yirik ommaviy zaharlanişlardan biriga aylanişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: