USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eron yadroviy inşootiga maxsus bombalar taşlamagan – CNN

101 марта

AQŞ Eron yadroviy inşootiga maxsus bombalar taşlamagan – CNN 

AQŞ harbiylari Eronning Isfahon şahridagi yadroviy inşootga qarşi bunkerbuzar bombalaridan foydalanmadi, çunki inşoot juda çuqurda joylaşgan. Senat azolariga yopiq brifingda AQŞ ştablari boşliqlari qömitasi raisi general Den Keyn bu haqda malum qildi. Buni keça, 27 iyun kuni manbalariga tayanib, CNN xabar qildi.


Qayd etilişiça, xuddi şu brifingda Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff senatorlarga AQŞ razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga köra, Eronning boyitilgan uran zaxiralarining katta qismi Isfaxon va Fordodagi obektlarda joylaşganini aytdi.
Avvalroq CNN Vaşingtondagi yuqori martabali manbalariga tayanib, atom bombasini yaratiş uçun potentsial yaroqli bölgan uşbu materialning 60 foizigaça Isfaxondagi obektda saqlanişi mumkinligini yozgan edi.

AQŞ harbiy-havo kuçlari Eronning Fordo va Natanzdagi yadroviy inşootlariga qotib qolgan yerosti nişonlarini urib tuşirişga qodir öndan ortiq bunkerbuzar bombalarni taşladi. Biroq Isfaxondagi obektga zarbalar suvosti kemasidan uçiriladigan Tomohawk qanotli raketalari bilan berilgan.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp 22 iyunga ötar keçasi xalqqa murojaatida Eronning Fordo, Natanz va Isfaxondagi yadroviy inşootlari “butunlay va töliq” yöq qilinganini aytdi.
Bu “ajoyib harbiy muvaffaqiyat” bölganini aytgan Tramp Tehron Vaşington bilan yadroviy bitim tuzişi kerakligini, aks holda AQŞ Erondagi boşqa nişonlarga hujum qilişi mumkinligini takidladi.

24 iyun kuni CNN va “The New York Times”manbalariga tayanib, AQŞ Mudofaa razvedka boşqarmasi Amerika zarbalari Eron yadroviy dasturini töliq yöq qilmadi, balki uni bir neça oy orqaga surdi, deb hisoblaşini malum qildi.

Tramp bunga javoban uşbu naşrlar jurnalistlarini “omadsizlar” deb atadi va ular amerikalik bombardimonçi uçuvçilardan keçirim söraşlari kerakligini aytdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ommaviy axborot vositalarining şubhalarini “Prezidentni kamsitiş” va “jasur uçuvçilarni obrösizlantirişga uriniş” deb tanqid qildi.
Şu bilan birga, “Bloomberg” avvalroq suniy yöldoş tasvirlariga köra, obektdagi uçta yadroviy reaktor şikastlanmaganini takidlagan edi. Bundan taşqari, MAGATE mutaxassislari atrofdagi radiatsiya darajasining oşişini qayd etmagan.

26 iyun kuni “Financial Times” naşri Yevropa razvedkasiga tayanib, Eronning boyitilgan uran zaxiralari Isroil va AQŞ zarbalariga qaramay, avvaldan xavfsiz joyga köçirilgan holda saqlanib qolgani haqida xabar berdi. AQŞ zarbalari tugagaç, Tehron bu Eron yadroviy dasturini davom ettirişga xalal bermasligini aytdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: