Sibirni “özbeklar yurti” deb atagan deputat maoşidan ayrildi
3-07-2025, 21:40
88 марта

Sibirni “özbeklar yurti” deb atagan deputat maoşidan ayrildi
Avvalroq, Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugi dumasining Kommunistik partiyadan saylangan deputati Xolid Tagi-Zade Sibir ölkasi özbeklarning tarixiy maskani ekanini aytgandi. U şu gapi uçun maoşidan mahrum qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.Naşrga köra, okrug dumasi raisi Boris Xoxryakov (“Yagona Rossiya” partiyasidan) bu fikrni “yöl qöyib bölmaydigan provokatsiya” deb atagan va uşbu holatda yomon niyat bölmaganiga işora qiliş qabul qilinmasligini aytgan.
Dumaning ijtimoiy rivojlaniş böyiça qömitasi raisi Vasiliy Filippenkoning (“Yagona Rossiya” partiyasidan) aytişiça, Tagi-Zadeni maoşdan mahrum qiliş qarori parlament va qömita majlislarini muntazam qoldirgani bilan izohlangan. Unga köra, deputatdan heç qanday taşabbus yoki malumot kelmagan, savollar faqat majlislar doirasida berilgan, xolos. Bu esa “u qolgan vaqtini boşqa işlar bilan ötkazayotganidan dalolat beradi”.
Tagi-Zade esa sözga çiqib, vaziyatni yanada oğirlaştirmaslikni söragan.
“Maoşdan mahrum qiliş, albatta, ahvolimni yomonlaştiradi. Meni oilam bor, bolalarim bor”, deydi u.Şuningdek, Tagi-Zade majlislarda iştirok etmaganini tatil bilan izohlagan.
“Çaqiruvga rozilik bildiriş yoki bildirmaslik – bu mehnat kodeksiga köra xodimning huquqi”, deydi deputat.Nutqining söngida u “özbeklarning tarixiy vatani” haqidagi fikrini oxirigaça bayon qilişga ulgurmaganini bildirgan. Bunga sabab spiker Boris Xoxryakovning uni töxtatgani bölgan.
“Mening fikrim şundan iborat ediki, bu yerga hamma ham “byudjetga osilib yaşaş uçun” kelmaydi. Balki, kimdir yaxşi niyat bilan keladi, umumiy madaniyat, tarix borligini his etadi, Rossiyaning bir qismiga aylanişni istaydi”, deydi Kommunistik partiya fraktsiyasi azosi.