“U bizdan emas”. Sibirni “özbeklarning yurti” degan rossiyalik deputat partiyadan quvildi
3-06-2025, 08:48
528 марта

“U bizdan emas”. Sibirni “özbeklarning yurti” degan rossiyalik deputat partiyadan quvildi
Kommunistik partiyaning Markaziy qömitasi rais örinbosari Yuriy Afonin deputatning uşbu bayonotiga keskin etiroz bildirgan.
“Tagi-Zade bir neça yil oldin partiya intizomini buzgani sababli partiyadan çiqarilgan. U bizning nomimizdan heç qanday vakolatga ega emas. Bu – uning şaxsiy fikri. Partiyaning va viloyat bölimining rasmiy pozitsiyasiga mutlaqo zid”, degan Afonin.
Davlat Dumasidagi Kommunistik partiya deputati Mixail Matveyev esa Tagi-Zadega yanada keskin javob bergan.
“Bu odam – provokator. U partiyadan çiqarilgan va endilikda biz bilan heç qanday aloqasi yöq. Uning ahmoqona bayonotlari – mutlaqo şaxsiy, bizga tegişli emas. Bundan taşqari, u bu gapni şunçaki aytmadi – bu muhokama tub xalqlar orasidagi tuğiliş va ölim masalalari doirasida bölib ötdi. Bu esa butun Rossiyaga qarşi hujum va tub xalqlarni migrantlar bilan almaştirişga uriniş hisoblanadi. Özbeklarning bu yerda tarixiy huquqlari bor degan davo – bu kimdir tomonidan yozilgan metodik körsatmaga öxşaydi”, degan Matveyev.
Malumot uçun, Xolid Tagi-Zade 1978 yil 15 noyabrda Ozarbayjon SSRning Sumgait şahrida tuğilgan. Millati – ozarbayjon. U 2001 yilda Sibir federal universitetini “kriminalistik kimyo” ixtisosligi böyiça tamomlab, kimyoçi mutaxassisligiga ega bölgan. Bir vaqtning özida S.A. Reşetnyov nomidagi Sibir aero-kosmik akademiyasi harbiy fakultetida ham tahsil olgan.
U 2019 yildan 2021 yilgaça Megion şahar Dumasining oltinçi va yettinçi çaqiriqlari deputati, Megion şahar Dumasidagi Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi fraktsiyasi rahbari, 2021 yildan beri esa Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi – yettinçi çaqiriq Ugra deputati sifatida işlab kelmoqda