Rossiyalik qizlar musulmon muhojirlarga tegişni afzal körmoqda
25-05-2025, 19:01
898 марта
Rossiya pravoslav çerkovi ruhoniysi Pavel Ostrovskiy rossiyalik erkaklarni oila qurişdagi passivligi uçun tanqid qildi. Uning sözlariga köra, bu holat rossiyalik xotin-qizlarni musulmon migrantlar bilan turmuş qurişga olib kelmoqda.Uning bu bayonoti jamoatçilikda katta muhokamalarga sabab böldi. Rossiya Davlat Dumasi oila masalalari böyiça qömitasi raisi Nina Ostanina Ostrovskiyning sözlarini tanqid qilib, davlat bayroği va fuqarolarni haqorat qilişga yöl qöyib bölmasligini takidladi.
Ostrovskiy keyinçalik öz sözlari uçun uzr söradi, ammo rossiyalik erkaklar haqidagi fikri özgarmaganini bildirdi. Uning takidlaşiça, köplab erkaklar masuliyatdan qoçadi, oila qurişga tayyor emas, bu esa ayollarni boşqa millat va din vakillari bilan turmuş qurişga olib kelmoqda.
Bu voqea Rossiyada oilaviy munosabatlar, milliy va diniy masalalar böyiça jamoatçilikda keng muhokamalarga sabab böldi. Köplab mutaxassislar va jamoat arboblari bu masalalarni çuqur tahlil qiliş va yeçim topiş zarurligini takidlamoqda.