Rossiya Afğoniston islom amirligini rasman tan oldi
4-07-2025, 00:06
193 марта

Rossiya Afğoniston islom amirligini rasman tan oldi
Rossiya Afğoniston Islom Amirligini rasman tan oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulov xabar berdi, deya yozmoqda rus OAVlari.3 iyul kuni erta tongda Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Andrey Rudenko Afğonistonning Rossiyadagi yangi elçisi Gul Hasanning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Afğoniston elçisi 1 iyul kuni Moskvaga yetib keldi. Ertasi kuni u öz vazifasini bajarişga kirişdi. U 2021 yilda Tolibon hokimiyatga kelganidan beri Afğonistonning Rossiyadagi birinçi elçisi böldi.
Rossiya aprel oyida Afğoniston bilan diplomatik missiyasini elçixona darajasiga kötardi. Ilgari Afğoniston bilan munosabatlarda faqat muvaqqat işlar vakili darajasida iş olib borilgan. Yangilaniş "Tolibon" Rossiyada taqiqlangan taşkilotlar röyxatidan çiqarilganidan köp ötmay amalga oşirildi.
Eslatib ötamiz, Afğoniston yangi hukumatini 2021 yildan buyon heç bir davlat tan olmay kelayotgandi.