Özbekiston Afğonistonga 183 tonna hayitlik jönatdi
5-06-2025, 17:18
184 марта

Özbekiston Afğonistonga 183 tonna hayitlik jönatdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriği bilan Özbekiston xalqining bağrikenglik va qöllab-quvvatlaş ramzi sifatida Qurbon hayiti munosabati bilan Afğoniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.Qayd etilişiça, insonparvarlik yuklari Hayraton şahridagi “Astras” kompaniyasi hududida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Irgaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining örinbosari Nurulhodi Abuidris, şuningdek, ikki tomon rasmiylari iştirokida topşirilgan.
Bildirilişiça, insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruç, şakar, makaron va qandolat mahsulotlari, ösimlik yoği, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va moş örin olgan. Afğoniston rasmiylari Özbekiston Prezidenti va xalqiga körsatayotgan insonparvarlik yordami uçun minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yöllagan.