Ukrainada Xitoy josuslari qölga olindi
11-07-2025, 12:02
80 марта

Ukrainada Xitoy josuslari qölga olindi
Ukrainada “Neptun” raketa tizimiga oid malumotlarni öğirlaşga uringan Xitoy josuslari qölga olindi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xabar berdi.Qayd etilişiça, ular Ukrainaning “Neptun” raketa majmuasiga oid maxfiy hujjatlarni noqonuniy tarzda mamlakatdan olib çiqişga uringanlikda gumon qilinmoqda. Idora matbuot xizmati uşbu şaxslarni “Xitoy josuslari” deb atamoqda.
“Qölga olinganlardan biri Kiyevdagi texnik oliygohlardan birining 24 yoşli sobiq talabasi. U 2023 yilda akademik qarzdorlik tufayli öqişdan çetlatilgaç, Kiyevda qolgan”, deyiladi xabarda.Jinoyat işiga doir materiallarga köra, u “Neptun” raketalarini işlab çiqariş böyiça texnik hujjatlarni qölga kiritişi, şuningdek, uşbu loyihalar bilan boğliq bölgan ukrainalik fuqaroni yollaşi kerak bölgan.
Iş böyiça yana bir şaxs – yigitning Xitoyda doimiy yaşovçi otasi hisoblanadi. UXX malumotlariga köra, u vaqti-vaqti bilan Ukrainaga borib, öğlining agentlik faoliyatini şaxsan muvofiqlaştirib turgan.