Rossiya hududlari işçi kuçi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boşladi

Rossiya işçi kuçining ötkir tanqisligiga duç kelgan va mahalliy mamuriyatlar xorijliklarni yollaş böyiça taqiqlarni tobora köproq bekor qilmoqda. Bu haqda Asia-Plusmalum qildi.
Umumiy ovqatlaniş, qişloq xöjaligi, logistika va uy-joy kommunal xöjaligida mehnat migrantlari örnini qoplab bölmayapti – rossiyaliklar qiyin va kam maoşli işlarni bajarişga şoşilmayapti. Kadrlar taqçilligi ortidan mintaqalar ularni qaytarişga harakat qilmoqda.
Masalan, Nijniy Novgorod viloyati mamuriyati mart oyida joriy etilgan çet el işçilarini yollaşni taqiqlaş haqidagi qarorini bekor qildi. Sababi – iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kadrlar yetişmasligi. Rossiyaliklar jismoniy maşaqqatli işlarni bajarişni istamayapti.
Sankt-Peterburgda ham xuddi şunday holat yuzaga keldi - rasmiylar 1 iyuldan boşlab migrantlarning taksi va yetkazib beriş xizmatlarida işlaşiga rejalaştirilgan taqiqni joriy qilmadi.
Xuddi şunday holat qişloq xöjaligida ham mavjud. Markaziy Rossiyada - Tambov viloyatidan Moskva viloyatigaça - tonnalab meva, rezavorlar va sabzavotlar işçilar yetişmasligi tufayli dala va boğlarda yiğilmasdan qolmoqda. Boğ va issiqxonalar mavsumiy terimçilarga juda muhtoj. Hatto hosil yaxşi bölişiga qaramay, sohada katta zarar körilişi mumkin, çunki mevani yiğadigan heç kim yöq.
Rossiya boğbonlari uyuşmasi prezidenti Igor Muxanin inqirozni immigratsiya qonunlarining kuçaytirilgani bilan boğladi. 2024 yildan boşlab, migrantlar işlaşga ruxsat oliş uçun rus tili va tarixidan imtihon topşirişi kerak böladi.
«Migrant olma teriş uçun tilni bilişi şartmi? Buni prorab bilsa kifoya», dedi Muxanin.
Qayd qilinişiça, 1-2 oyga kelgan mavsumiy işçilar uçun bu tösiqqa aylangan, fermerlar uçun esa falokatga.
«Ötgan yili önlab tonna olma va malina terilmasdan qoldi. Hozir bizga 100 kişi kerak, ammo 15 işçi bor», dedi Muxanin.
Eng yirik qişloq xöjaligi hududlaridan biri Krasnodar ölkasida migrantlarni yollaşning taqiqlanişi allaqaçon fermer xöjaliklarining xonavayron bölişiga olib kelgan. Pitomniklar, boğlar, dalalar - hamma narsa qöl mehnatini talab qiladi. Kuban boğbonlari uyuşmasi boş direktori Nikolay Şçerbakov şunday dedi: «Yangi boğlar barpo etiş töxtatildi. Ekinlarni kim yiğib olişi haqida yeçim yöq. Iş oğir, mahalliy aholi kelmayapti».
Talabalarni jalb qilişga urinişlar hali samara bermagan. Asosiy yeçim migrantlarni kvotalar va çeklangan mehnat şaroitlari bilan bölsa-da orqaga qaytariş ekani aytilmoqda.