USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada migrantlarning xorijga pul ötkazmalarini çeklaş taklif qilindi

321 марта
Rossiyada migrantlarning xorijga pul ötkazmalarini çeklaş taklif qilindi

Taşabbus mualliflarining takidlaşiça, migrantlar mamlakatdagi rasmiy maoşidan ortiqça pulni çet elga yubormasligi kerak. Bu boradagi tegişli taklif mamlakat Markaziy banki rahbariga yuborilgan.

Foto: mskagency.ru

Rossiyada migrantlarning pul ötkazmalari çeklanişi mumkin. «Noviye lyudi» partiyasi deputatlariga köra, işlaş uçun kelgan çet elliklar xorijga özlarining rasmiy maoşidan köproq mablağ ötkazmasligi kerak.


Taşabbus mualliflari Aleksey Neçayev, Sardana Avksenteva va Vladimir Plyakin nuqtai nazariça, bunday taqiq «moliyaviy operatsiyalar şaffofligini oşiriş, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraş, soliq tuşumlarini oşiriş va iqtisodiy xavfsizlikni taminlaş» uçun kerak. Taklif mamlakat Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaga yuborilgan.


Parlament azolarining takidlaşiça, amaldagi qonunlarda pul ötkazmalari miqdori migrantlarning rasmiy maoşlariga mos kelişi nazorat qilinişini taminlaydigan samarali mexanizmlar mavjud emas. Ularning fikriça, bu çet el fuqarolariga noqonuniy daromadlarni yaşiriş, soliqdan qoçiş va Rossiyadan pul olib çiqib ketiş imkonini beradi. Ruxsat etilganidan köproq miqdordagi pulni xorijga yubormoqçi bölgan migrantlardan esa olgan daromadi qonuniyligini tasdiqlovçi deklaratsiya talab etiladi. Öz navbatida banklar şubhali tranzaktsiyalarga çek qöyiş uçun çet elliklarning moliyaviy operatsiyalari ustidan nazoratni kuçaytirişi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: