Zelenskiy tinçlik haqidagi gaplari jiddiy bölsa Putin bilan uçraşmoqçi

Zelenskiy tinçlik haqidagi gaplari jiddiy bölsa Putin bilan uçraşmoqçi
Kiyevda 31 iyul kuni Rossiyaning raketa zarbasi oqibatida halok bölganlar xotirasiga motam kuni ötkazildi.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Rossiyaning havo hujumida jami 31 kişi, jumladan 5 nafar bola halok bölganini malum qildi. Yana 159 kişi jarohatlangan.
Kiyevga qilingan bu zarba 2022 yildan beri eng qonli zarbalardan biri deya baholandi. Ukraina hukumati BMT Xavfsizlik Kengaşining şoşilinç yiğilişini ötkaziş taşabbusi bilan çiqdi.
Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda vayron bölgan bino örnida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangani haqida şunday yozdi:
«Rossiya qilayotgan işlarni oqlab bölmaydi. Biz xalqimizning öldirilişini, bu şafqatsiz zarbalarni heç qaçon keçirmaymiz. Rossiyaning keçagi Kiyevga bergan zarbasi natijasida 31 kişi halok böldi. 159 kişi jarohatlangan. Oilalari, yaqinlari va yaqinlarini yöqotgan barçaga çuqur hamdardlik bildiramiz».
Putin esa Valaam orolidagi matbuot anjumanida bu haqda töxtalmadi, biroq u Ukrainadagi jangovar harakatlarni tugatiş istiqbollarini şarhlar ekan, «uzoq muddatli, doimiy, heç qanday muddatsiz tinçlik» muhimligini takidlagan.
Putin, şuningdek, «Rossiyani ham, Ukrainani ham qoniqtiradigan, har ikki davlat xavfsizligini taminlaydigan eng asosiy taritblar» muhimligiga işora qildi.
Öz navbatida, Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarni imkon qadar kuçaytirişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, birgina iyul oyida Rossiya Ukrainaga qarşi 5100 dan ortiq havo bombalari, 3800 dan ortiq «Şaheed» dronlari va 260 ga yaqin turli xil turdagi raketalarni, jumladan 128 ballistik raketalarni uçirdi.
«Biz Rossiyaning bayonotlarini eşityapmiz. Agar bu uruş uçun vaqtdan yutiş yoki sanktsiyalarni keçiktiriş harakati bölmasa va uraşni munosib tarzda tugatiş va çinakam mustahkam tinçlik örnatişga jiddiy tayyor ekanliklari haqidagi signal bölsa, demak, Ukraina istalgan vaqtda yetakçilar darajasida uçraşişga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi», – deb yozdi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqda.