Eronda elektr yetişmovçiligi bois davlat idorlari yopilmoqda
6-08-2025, 09:04
91 марта

Eronda elektr yetişmovçiligi bois davlat idorlari yopilmoqda
Eronda anomal issiqlik, suv sathi pasayişi va elektr uzilişlari ortidan hukumat favqulodda çoralar körişga majbur böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.Rasmiy malumotlarga köra, mamlakatdagi 31 viloyatdan kamida 15 tasida davlat idoralari butunlay yopiladi yoki qisqartirilgan iş jadvaliga ötadi.
Bunga energiya istemolini kamaytiriş zarurati sabab bölgan. Tegişli qaror Energetika vazirligining söroviga binoan qabul qilingan va suv hamda elektr resurslaridan foydalanişni boşqarişga qaratilgan.
Tehron, Ardabil, Xurmuzgon va Alborz viloyatlari bunga qöşilgan. Favqulodda va muhim xizmatlar işlaşda davom etadi.
Eron Energetika vaziri Ali Akbar Mehrabianning aytişiça, havo harorati odatdagidan keskin oşib ketgani oqibatida mamlakatda elektr energiyasi istemoli 9 foizga oşgan – bu hokimiyat kutgan eng yomon stsenariydan ham yuqori körsatkiç.
Iyul oyining örtalaridan boşlab janubiy hududlarda harorat 50 darajadan oşgan. Bu esa butun mamlakat böylab elektr tizimining haddan taşqari yuklanişiga va keng kölamli uzilişlarga olib kelgan.
Şuningdek, suv omborlaridagi suv miqdori kamaygani sababli Tehronda suv bosimi ham kamaytirilgan. Mahalliy OAV bu qurğoqçilikni sönggi 100 yildagi eng kuçlisi deb atamoqda.