Putinning AQŞga taşrifi çoği önğaysiz holat yuzaga kelgani oçiqlandi
19-08-2025, 11:59
541 марта

Putinning AQŞga taşrifi çoği önğaysiz holat yuzaga kelgani oçiqlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ötgan hafta AQŞning Alyaska ştatiga taşrifi çoği önğaysiz holat yuzaga kelgan. Rossiya prezidenti mamuriyati xodimlari Putinning samolyotiga yonilği quygaç, joriy sanktsiyalar sabab tölovni naqd pulda amalga oşirişga majbur bölgan.Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio NBC telekanaliga bergan intervyusida malum qilgan.
“Rossiyaliklar Alyaskaga kelgaç, ularning samolyotiga yonilği quyiş zarurati tuğildi. Ular samolyot yonilğisi haqini naqd pul şaklida tölaşga majbur bölişdi. Çunki (sanktsiyalar tufayli) ular bizning bank tizimimizdan foydalana olişmaydi. Ular (sanktsiyalarning) oqibatlari bilan har kuni yuzma-yuz kelişmoqda”, – degan AQŞ davlat kotibi.
Alyaska ştati Ankorij şahridagi aviabazaga Rossiyadan Putinning samolyotidan taşqari yana bir neça samolyot kelgan. Mazkur uçoqlar Rossiya rasmiy delegatsiyasi vakillari, jurnalistlar hamda Putinning avtomobillarini keltirgan.
Germaniyaning Bild naşri yozişiça, birgina prezident uçoği yonilği baki siğimi 152620 litrni taşkil etadi. Demak, Rossiya delegatsiyasi birgina davlat rahbari samolyotiga yonilği quyiş uçun örtaça 85 ming dollar naqd pul tölagan.
Rossiya Ukrainaga qarşi agressiv uruş boşlagan 2022 yilning 24 fevralidan keyin AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan Moskvaga nisbatan keng kölamli sanktsiyalar joriy etildi. Jumladan, Rossiya xalqaro moliyaviy tölov tizimlaridan uzib qöyildi.
Rossiya rasmiy uçoqlariga yonilği quyişda muammo yuzaga kelişi birinçi marta kuzatilayotgani yöq. Avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov sanktsiyalar tufayli JAR, Braziliya kabi davlatlar rasmiy samolyotga yonilği quyişdan boş tortganini malum qilgandi. “Yonilği quya olmaganmiz. Albatta, bunday holat odamning jahlini çiqaradi”, – deb yozğirgandi S.Lavrov.
2025 yil 20 yanvarda rasman lavozimga kirişgan AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Putin Ukrainadagi uruşni töxtatmasa qaqşatqiç sanktsiyalar joriy etişi haqida bir neça bor pöpisa qilgan, ultimatumlar qöygan. Ammo Oq uyning amaldagi xöjayini Kremldagi hamkasbiga yon berişni afzal körmoqda, deydi tahlilçilar.