Yarim yilda Rossiyadan 2,8 ming nafar migrant quvildi
19-08-2025, 14:03
233 марта

Yarim yilda Rossiyadan 2,8 ming nafar migrant quvildi
Joriy yilning birinçi yarmida Rossiyadan migratsiya qonunçiligini buzgan 2,8 ming kişi deportatsiya qilingan. Uşbu körsatkiç ötgan yilgi davrga (2,4 ming) nisbatan 17 foizga köp. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligi xabar berdi.Idora bayonotiga köra, hukumat noqonuniy migrantlar orasidagi jinoyatçilikka qarşi çoralarni kuçaytirgan. Joriy yilning birinçi yarmida migratsiya sohasida 587,8 mingta huquqbuzarlik aniqlangan (+16,7 foiz), jumladan, noqonuniy yaşaş (+27,9 foiz) va bozorlar orqali işga joylaşişda qoidabuzarliklar (+52,5 foiz).
Şuningdek, IIV vaqtinça yaşaş ruxsatnomasi va yaşaş guvohnomasini berişni ham sezilarli darajada qisqartirgan. Birinçi yarim yillikda berilgan vaqtinça yaşaş ruxsatnomalari soni 31,6 foizga kamayib, 16,6 mingni, yaşaş guvohnomasi esa 32,2 foizga kamayib, 80,1 mingni taşkil qilgan. Bundan taşqari, şu davrda 791 kişi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan.
Şu bilan birga, xorijliklarning mehnat faoliyati böyiça bildirişnomalar soni oşgan. Patentlar böyiça – 30,1 foizga oşib, 1,2 millionga, mehnat ruxsatnomalari böyiça esa – 64,2 foizga oşib 70,7 mingga yetgan.
Malumot uçun, Rossiyaga vizasiz boradigan migrantlar patent asosida işlasa, viza orqali boradigan migrantlar mehnat ruxsatnomasi bilan işlaydi.