Moskvada baland musiqa dahşatli fojiaga sabab böldi

Moskvada baland musiqa dahşatli fojiaga sabab böldi
Rossiya poytaxti Moskvaning şimoli-şarqida joylaşgan Sviblovo tumanida mahalliy fuqaro baland musiqa tufayli qöşnisining umriga zomin böldi. Bu haqda "Moskva" axborot agentligi poytaxt prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Boşqarma malumotlariga köra, Kolskaya köçasidagi turar-joy binosida 37 yoşli erkak uyida spirtli içimlik istemol qilgan. Birdan qöşnilarining xonadonidan kelayotgan musiqa uni bezovta qila boşladi.
"Musiqani öçirişni söragani bordim va mojaro yuzaga kelişini kutgan holda özim bilan ikkita oşxona piçoğini oldim, ular bilan qöşnilar xonadonining eşigiga yaqinlaşdim. Ikki qölimda piçoq bor edi", - deydi erkak körsatmasida.
Boşqarmaning xabar berişiça, qöşni xonadon ostonasida fuqarolar örtasida mojaro boşlangan. Natijada qölga olingan şaxs öziga eşikni oçgan şaxslarga piçoq bilan jarohat yetkazgan. Jabrlanganlar tibbiy muassasaga yetkazilgan, yaradorlardan biri vafot etgan.
Gumonlanuvçi qölga olinib, körsatma bergan. Prokuratura uni jinoiy javobgarlikka tortişni nazoratga oldi.