Dahşatli jinoyat sodir etgan qaynotaga hukm öqildi
10-07-2025, 09:52
1 950 марта

Dahşatli jinoyat sodir etgan qaynotaga hukm öqildi
Buxoroda kelinini umriga zomin bölgan qaynotaga hukm öqildi.2024 yil oxirida sodir bölgan qotillik holati yuzasidan körib çiqilgan sud işiga oid hukm joriy yilning iyun oyida öqib eşittirildi.
68 yoşli, asli Toşkent viloyatida tuğilgan va uzoq yillardan buyon Buxoro viloyatining Kogon şahrida yaşab kelgan rus millatiga mansub Viktor Kuzeyev ayrim qöni-qöşnilar bilan ham azaldan kelişmovçiligi bölgan. Spirtli içimliklar istemol qilib yuradigan Viktor Kuzeyev öz oilasi bilan ham tez-tez janjal va kelişmovçiliklarga borib turgan.
Şunday kunlarning birida u öğli Dima Kuzeyev bilan birga yaşab kelayotgan kelini Dilnura Islomova bilan ham özaro tortişuvga borgan. Oğzaki tortişuvdan söng kelini podezd va yölaklarni tozalaş uçun köçaga çiqib ketgan. Qaytib kelgan kelin eşikning içkaridan qulflab qöyilganini körib, qaynotasidan uni oçişini söragan.
Biroq, qaynota qöpollik bilan: «Qayerdan kelgan bölsang, öşa yerga ket!»-deya baqirgan. Kelin bir muddat köçadagi örindiqda qolib ketgan. Oradan vaqt ötib, qaynota eşikni oçib, kelinidan içkariga kirişini aytgan. Qaynota yana içkariga kirgan kelin bilan janjallaşa boşlagan. Jahli çiqqan kelin qaynotasini itarib yuborib, uni öqlov bilan ura boşlagan. Spirtli içimlik tasirida bölgan qaynota özini himoya qiliş uçun oşxona piçoğini olib, keliniga taşlangan. Piçoq bilan kelinining qorin va qorin usti qismiga şafqatsizlarça urgan. Dilnura yiqilgan va sudralgan köyi köçaga çiqib, qöni-qöşnilardan yordam söragan.
Jabrlanuvçi Dilnura Islomovaga tezkor tibbiy yordam körsatilişi va muolajalar olib borilişiga qaramay, u kasalxonada vafot etgan.
Qaynota sud-tergov jarayonlarida qilmişidan puşaymonligini, soğliğining yomonligini, nafaqaxör ekanligini inobatga olib, unga nisbatan adolatli qaror çiqarişni sörab körsatuv bergan.
Buxoro viloyati sudi axborot xizmati rahbari Feruz Şaropovning «Xabar.uz»ga bildirişiça, aybdorga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan iş qözğatilgan. U jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudi hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.