Xotinini bolasining köz öngida yoqib yuborgan er 18 yilga qamaldi
21-06-2025, 17:13
588 марта

Xotinini bolasining köz öngida yoqib yuborgan er 18 yilga qamaldi
Joriy yilning 15 yanvar kuni sudlanuvçi 42 yoşli Ş.B. mast holda soat taxminan 20:00 da turmuş örtoği N.S. va öğli K.Q. vaqtinçalik ijara şartnomasi asosida yaşab kelayotgan Toşkent şahar Yakkasaroy tumani “Muhandislar” MFYdagi uyga özi bilan 2 litr benzin olib borgan. Şundan söng Ş.B. xonadonning oşxonasiga N.S. ni olib kirib, uning tanasi va oşxonaga benzinni sepib, öt qöyib yuborgan. Ular oilaviy kelişmovçilik ortidan 2024 yilning dekabridan buyon alohida yaşab kelayotgan bölgan.Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida N.S. da alangadan boşi, yuzi, böyni, ikki quloq suprasi tanasi, ikki qöli, ikki dumbasi va ikki oyoğini 2-3-darajali 75 foiz tana yuzasining termik kuyişi, termoingalyatsion jarohat 1-2-daraja, frank indeksi – 185 birlik, şok 3-daraja kabi tan jarohatlari aniqlangan bölib, uşbu tan jarohatlari hayot uçun xavfli bölgan va şu belgisiga köra oğir tan jarohatlari toifasiga kirişi körsatilgan.
Tez tibbiy yordam xodimlari orqali N.S. olgan tan jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga yotqizilib, şifokorlar tomonidan öz vaqtida körsatilgan malakali tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Joriy yilning 17 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sud hukmi bilan Ş.B. Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismining “d,j” bandlari va 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan. U Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan jinoyatlar majmui tariqasida uzil-kesil ötaşi uçun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Va jazoni umumiy tartibli koloniyalarida ötaşi belgilangan.