Xorijda maşuqasini qasddan öldirib, yertölaga kömgan şaxsga sud hukmi öqildi
3-06-2025, 14:01
172 марта

Xorijda maşuqasini qasddan öldirib, yertölaga kömgan şaxsga sud hukmi öqildi
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg şahri, Nevskiy tumani, Olgi Beggolts köçasidagi köp qavatli uylardan birining yertölasidan 32 yoşli ayol jasadi topildi. Qotillik Vobkent tumani, «Bozorjöyi» MFY, Çorboğinav qişloğilik 25 yoşli erkak tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga malum qilgan Buxoro viloyat sudi axborot xizmati rahbari Feruz Şaropovga köra, aybdor Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi (qasddan odam öldiriş), 1-qismi bilan 11 yil ozodlikdan mahrum qilingan.Jinoyat işlari böyiça Vobkent tumani sud hujjatlarida qayd etilişiça, 25 yoşli erkak M.A. 2022 yildan buyon 2 nafar qizi bilan turmuşidan ajralgan 32 yoşli ayol M.R. bilan işqiy munosabatda bölib kelgan. Oradan köp vaqt ötmay, M.A. işlaş uçun Rossiya Federatsiyasining Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg şahriga işga jönab ketgan. Turmuş taşvişlarini tortişda qiynalgan M.A. ham M.R.ga qönğiroq qilib, uning yoniga jönab ketayotganini bildirgan. M.A. ayolning taklifiga rozi bölib, Nevskiy tumani, Sedova köçasidagi köp qavatli uylardan birida yaşayotganini va şu manzilga yetib kelişini söragan. Ular uşbu manzilda salkam 20 kunça birga yaşaşganidan söng örtalarida özaro kelişmovçilik çiqqa n. Ayol Moskvaga işga jönab ketişini aytib, uydan çiqib ketgan. Biroq, oradan bir neça oyça ötgaç, u yana M.A. yaşab kelayotgan ijara u yga qaytib kelgan. Örtalarida tez-tez tortişuv, janjal bölib turgan. Ayolning örinsiz raşki, M.R.ga «qişloqdagi xotining bilan ajraşasan!» deya qöygan talablari erkakning tinçini buzgan.
«Ikki yildan buyon sen bilan tortişişdan çarçadim. Uyda ötiribsan, sen uçun yaşaş va iş şaroitingniyam yaratib bergan bölsam, oilaviy işlarimga aralaşma!»-degan erkakka qöşib, uning ayoli va farzandlarini nojöya sözlar bilan haqoratlagan.
Haqorat alamidan qizarib-bözargan M.A. birgalikda yaşab kelayotgan maşuqasi M.R.ga kuç işlatib, urib tepib yiqitgan. Ayolning oğiz va burun, yani nafas oliş organlarini yostiq bilan yopib, uni qasddan öldirgan. Sodir etgan jinoyatini yaşariş maqsadida M.R.ning jasadini yaxlitligiça bir dona çemodanga buklagan holatda solgan. Özi yaşab kelayotgan ijara uyga yaqin bölgan Olgi Beggolts köçasidagi köp qavatli uylardan birining yer tölasiga taxminan ikki metrça çuqurlik qazib, u çuqurlikka çemadon bilan birga M.R.ning jasadini kömgan.
Bu borada Buxoro viloyati Içki işlar organlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi içki işlar vazirligi bilan olib borilgan tergov harakatlari davomida M.R.ning jinoyati öz tasdiğini topgan. Örganuv davomida M.A. ilgari ayol bilan Özbekistonda ham işqiy munosabatga kirişib yurgan vaqtlarida M.R.ning nomiga 50 million miqdorida bank kredit mablağlarini ham olgani foş etilgan.
«Tört yil davomida Rossiya Federatsiyasida noqonuniy ravişda yaşab kelayotgani maşuqasining qotiligi aylangan M.A.ga nisbatan Jinoyat işlari böyiça Vobkent tumani sudi hukmi bilan 11 yil qamoq jazosi qöllanildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi»,-dedi Feruz Şaropov.