USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada özbekistonlik va tojikistonlik migrantlar bir-birini döpposladi

470 марта

Rossiyada özbekistonlik va tojikistonlik migrantlar bir-birini döpposladi 

Joriy yilning 26 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri yaqinidagi Yanino-1 aholi yaşaş punktida Özbekiston va Tojikiston fuqarolari örtasida yirik janjal yuz berdi. Bu haqda “News Mail” xabar berdi.
Ikki davlat fuqarolari örtasidagi mojaro qurilayotgan bolalar boğçasi yaqinida boşlangan va qisqa vaqt içida ommaviy muştlaşuvga aylanib ketgan. 
Mojaro aks etgan video tezda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan va köplab bahs-munozaralarga sabab bölgan. Videoda bir guruh odamlar avval gaplaşib turgani, keyin bir-birini böralatib sökkani, ortidan esa janjal paydo bölgani körinadi. Janjal vaqtida bazi bir fuqarolar muştlaşib ketgan bölsa, bazilar qöllariga turli buyumlar olib, bir-birini ayovsiz savalagan. 

OAVga köra, mahalliy fuqarolar muştlaşuv haqida xodimlarga xabar bergan. Şundan söng, hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvçi organlar vaziyatni nazoratga olgan va janjalda iştirok etganlarning barçasini, yani 30 dan ortiq kişi qölga olgan. Migrantlarni tergov qiliş jarayonida 22-26 yoşdagi uç nafar tojikistonliklar töpolonning asosiy taşabbuskori ekani aniqlangan. Ularga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu moddaga köra, ular sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: