Tramp AQŞ harbiylarini Ukrainaga kiritmoqçi
30-08-2025, 18:07
381 марта

Tramp AQŞ harbiylarini Ukrainaga kiritmoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlari bilan Amerikaning xususiy harbiy kompaniyalari xodimlarini Ukrainaga yuboriş masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda öz manbalariga tayangan holda “The Telegraph” xabar berdi.Naşrning yozişiça, xususiy harbiy kompaniya jangçilari Ukrainada mudofaa çiziğini qayta tiklaş, yangi harbiy bazalar barpo etiş hamda hududdagi AQŞ korxonalarini himoya qiliş işlariga jalb qilinişi mumkin. Uşbu reja AQŞ Prezidentining “Ukrainaga AQŞ armiyasini joylaştirmaymiz” degan vadasidan keyin muqobil yöl sifatida işlab çiqilayotgani qayd etilgan. Sababi, bu qöşinlar xususiy sanaladi va Tramp ham vadasida turib, davlat qöşinlarini Ukrainaga yubormagan bölib çiqadi.
Naşr malumotiga köra, xavfsizlik kafolatlarining yakuniy şakli “juda yaqin orada” elon qilinişi mumkin. Rejaga köra, Ğarb davlatlari Qora dengizda harbiy-dengiz missiyalarini ötkazişi va havo hududini patrullaşi ham mumkin.
Takidlaş joizki, joriy haftada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari uçta yönalişni qamrab olişi kerakligini aytdi. Unga köra, Ukraina armiyasini kuçaytiriş, NATO davlatlaridan qöllab-quvvatlaş hamda Rossiyaga qarşi sanktsiyalar asosiy etiborga olinişi kerak. “Politico” naşrining xabariga köra, AQŞ Rossiya va Ukraina örtasida texnik maslahatlaşuvlar ötkazişni rejalaştirmoqda, unda xavfsizlik kafolatlari masalasi ham muhokama qilinişi mumkin.
Xavfsizlik kafolatlari masalasiga töxtalganda AQŞ, Ukraina va Rossiyaning özaro zid pozitsiyalarini köriş mumkin. Masalan, Ukraina öz xavfsizligini faqatgina Yevropa davlatlaridan iborat jamoa va Turkiya taminlaşini xohlaydi, ammo Rossiya bu safda Xitoy ham bölişi kerakligini takidlamoqda. Zelenskiy Xitoy masalasiga alohida töxtalarkan, u mamlakat xavfsizlik kafolatlarida iştirok etmasligi zarurligini aytmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiyga köra, Pekin 2022 yilda uruşni töxtatişga yordam bermagan va 2014 yilda Rossiya Qrimni qöşib olganida ham “heç narsa qilmagan”.