Modi Putin bilan maşinada muzokara ötkazdi
1-09-2025, 16:26
112 марта

Modi Putin bilan maşinada muzokara ötkazdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bugun, 1 sentyabr kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida uçraşdi. Muzokaralar boşlanişidan oldin yetakçilar Rossiya delegatsiyasi qarorgohiga Aurus avtomobilida birga bordi va maşina içida ham suhbatlaşdi.Putin va Modi dastlab ŞHT sammitida birga qatnaşgan, keyin esa Ritz-Carlton mehmonxonasidagi qarorgohga Rossiya yetakçisining maşinasida yetib bordi. Biroq qarorgohga yetib kelgaç, rahbarlar maşinadan tuşmadi va suhbatni bevosita uning kabinasida davom ettirdi.
“Ular maşinada ketayotganda gaplaşişgan, keyin suhbatni maşinada davom ettirişgan, hozir esa delegatsiyaga qöşilişdan oldin ham şunday muzokaralarni davom ettirişmoqda”, dedi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Keyinroq yetakçilar delegatsiya oldiga çiqib, qarorgohda rejalaştirilgan muzokaralarni boşladi. Suhbatni boşlar ekan, Putin uçraşuv ŞHT sammiti – teng va ajralmas xavfsizlikni yaratiş böyiça say-harakatlarni birlaştiruvçi taşkilot – “bir çetida” ötayotganini ramziy mano deb atadi. U ikki davlat örtasidagi munosabatlar alohida imtiyozli strategik şeriklik darajasiga kötarilganini alohida takidladi. Şu bilan birga, savdo hamkorligi ijobiy dinamika körsatayotgani, turizm almaşinuvi yölga qöyilganini qayd etdi.

“Biz xalqaro maydonda say-harakatlarni yaqindan muvofiqlaştirmoqdamiz”, deya davom etdi Putin.