Isroil tanklari Ğazoga yanada çuqur kirib bordi
2-09-2025, 11:49
82 марта

Isroil tanklari Ğazoga yanada çuqur kirib bordi
Isroil tanklari keça, 1 sentyabr kuni Ğazo şahriga yanada çuqur kirib bordi va şahar çetidagi bir mahallada mina örnatilgan maşinalarni portlatdi. Havo hujumlari esa kamida 19 nafar odamni halok qildi. Bu haqda falastinlik rasmiylar va guvohlarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Bu xabarlar dunyodagi yetakçi genotsid tadqiqotçilari uyuşmasi Isroil Ğazoda genotsid sodir etayotganini belgilaş uçun huquqiy mezonlar bajarilgani haqida qaror qabul qilingan bir paytga töğri keldi. Isroil bu xabarlarga va yoki Xalqaro genotsid tadqiqotçilari uyuşmasi bayonotiga hozirça javob bermadi. Isroil ilgari öz harakatlarini Ğazoda genotsid sifatida baholaşni rad etgan.
Isroil butun Ğazo sektori ustidan nazorat örnatiş, HAMASni yöq qiliş va qariyb ikki yillik uruşdan söng qolgan 48 nafar garovdagi isroillikni ozod qiliş rejasi bilan olğa siljişda davom etmoqda.
Şahar aholisi Isroil kuçlari eski zirhli maşinalarni aholi gavjum bölgan Şayx Radvon mahallasiga yuborgani va keyin ularni masofadan portlatgani, bu esa bir neçta uylarni vayron qilib, köproq oilalarning qoçib çiqişiga olib kelganini xabar qildi.
Isroil armiyasi Ğazo şahri ustiga taşlangan varaqalar orqali aholini janubga ketişga çaqirdi va armiya hujumni ğarbga tomon kengaytiriş niyatida ekanini bildirdi.
“Odamlar çalkaş holda – qolib öliş yoki yöq yönalişga çiqib ketiş orasida qoldi. Bu dahşatli tun edi, portlaşlar töxtamadi, dronlar heç yöqolmadi. Köp odamlar uylarini taşlab ketdi, çunki hayotlaridan qörqdi, boşqalar esa qayerga borişni bilmasdi”, dedi Şayx Radvon mahallasidagi 55 yoşli aholi vakili Muhammad Abu Abdulla “Reuters”ga.
Isroil armiyasi bayonot çiqarib, kuçlar HAMAS bilan butun anklav böylab jang qilayotganini va ötgan bir kunda uning askarlariga hujum uyuştiriş uçun işlatilgan bir neça harbiy inşoot va postlar yöq qilinganini bildirdi.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi malumot berişiça, oxirgi 24 soat içida Isroil zarbasi oqibatida kamida 98 falastinlik halok bölgan. Şuningdek, yana 9 kişi, jumladan 3 nafar bola, oxirgi bir kun içida oziq-ovqat yetişmasligi va oçlikdan vafot etgan. Bunday sabablardan halok bölganlar soni hozirga qadar kamida 348 nafarga yetdi, ular orasida 127 nafar bola bor.
Isroil esa Ğazoning HAMAS nazoratidagi hukumatining oçlikdan ölim haqidagi raqamlarini rad etadi va ölimlar boşqa tibbiy sabablar bilan boğliq, deya iddao qiladi. Mahalliy soğliqni saqlaş organlari malumot berişiça, 19 nafar odam, ular orasida ayollar va bolalar ham bor, Ğazo şahridagi uylarga qilingan Isroil havo hujumlarida halok bölgan. Isroil armiyasi bu xabarlarga hozirça munosabat bildirmadi.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu 31 avgust kuni keçqurun xavfsizlik kengaşini çaqirib, HAMASning asosiy öçoği deb tariflagan Ğazo şahrini bosib oliş böyiça yangi hujumni muhokama qildi. Isroil armiyasi siyosiy yetakçilarini ogohlantirib, rejalaştirilayotgan Ğazo şahri hujumi HAMAS qölidagi garovdagilar hayotini xavf ostiga qöyişi mumkinligini aytdi. Isroilda esa uruşni tugatiş va garovdagilarni ozod qiliş talabi bilan norozilik namoyişlari sönggi haftalarda kuçaydi.