Eng boy odam özgardi
11-09-2025, 08:36
851 марта

Eng boy odam özgardi
AQŞdagi dasturiy taminot işlab çiqaruvçi Oracle kompaniyasi asosçilaridan biri, 80 yoşli Larri Ellison birinçi marta jahonning eng boy kişisiga aylandi. Bu haqda Bloombergxabar berdi.Ellison yozning örtalarida Mark Tsukerberg (Meta)ni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kişilari reytingida ikkinçi öringa kötarilgan edi.
Endi esa kimsan Ilon Maskni quvib ötdi: Bloomberg hisob-kitoblariga köra, hozir Ellisonning $393 mlrd, Maskning $385mlrd qiymatidagi boyligi bor.
Oracle aktsiyalari 1999 yildan buyon birinçi marta juda yuqori suratlarda qimmatlaşmoqda.
Larri Ellison milliarderlar röyxatida yuqorilaşiga sabab — suniy intellekt texnologiyalari öta ommalaşayotgani. Oracle aktsiyalari «suniy idrok vasvasasi» asosiy benefitsiarlaridan biriga aylandi va ularning qiymati salkam uç baravarga oşdi. Oxirgi oylarda Oracle bulutli hisoblaşlar sohasida yirik şartnomalarga erişdi, muhim mijozlardan biri — OpenAI kompaniyasi.
Ellison Oracle qimmatbaho qoğozlarining taxminan 35,4 foiziga egalik qiladi. Qolaversa, u 2018 yilda Tesla kompaniyasining 3 mln dona aktsiyasini xarid qilgan va 2020 yilgi malumotga köra, kompaniyadagi uluşi 2 foizga yetgan —Mask Ellison boyligiga boylik qöşmoqda.