Netanyahu Qatar va «terrorçilarni uşlab turgan» boşqa davlatlarga ultimatum qöydi

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 2023 yil 7 oktyabr kuni sodir etilgan terakt iştirokçilariga «boşpana» bergan davlatlarga murojaat qilib, ularni çiqarib yuboriş yoki sudga berişni talab qildi. Şu munosabat bilan 9 sentyabr kuni hududiga Isroil tomonidan birinçi marta zarba berilgan Qatarni tilga oldi.
«Va men Qatarga va terrorçilarni yaşirgan barça davlatlarga aytaman: yoki ularni çiqarib yuboring, yoki javobgarlikka torting. Çunki siz buni qilmasangiz, biz qilamiz», dedi Netanyahu (Isroil hukumati saytidan iqtibos).
Netanyahu nutqi 2000 yil 11 sentyabr voqealariga bağişlandi. U uşbu teraktni HAMASning Isroilga qilgan hujumiga qiyosladi. Uning sözlariga köra, Isroilning terrorçilarga hujumlari AQŞ Afğoniston va Pokistonda «Al-Qoida» azolarini taqib etganidan farq qilmaydi.