Isroil Qatardan keyin qaysi davlatga hujum qilişi mumkinligi aytildi
11-09-2025, 17:09
135 марта

Isroil Qatardan keyin qaysi davlatga hujum qilişi mumkinligi aytildi
Erdöğon Netanyahu bilan sönggi bor Ğazo uruşidan bir oy avval, 2023 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda uçraşgandi.Isroil Qatar hududiga hujum uyuştirgani ortidan yahudiy davlati matbuoti hamda jamoatçiligi kelgusi nişon Turkiya bölişi mumkin degan taxminni ilgari surmoqda. Binyamin Netanyahu tomonidan berilgan bayonot esa bu taxmin-tusmolni yanada kuçaytirdi.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 10 sentyabr kuni agar Qatar öz hududidan HAMAS vakillarini surgun qilmasa, Dohaga yana hujum uyuştirilişi haqida tahdidli bayonot berdi.
“Men Qatarga va terrorçilar boşpana topgan barça mamlakatlarga murojaat qilmoqdaman: ularni (HAMAS vakillari nazarda tutilmoqda – tahr.) badarğa qiling, javobgarlikka torting. Aks holda, buni biz özimiz qilamiz”, – degan Netanyahu.
Qatarga hujumni butun dunyo hamjamiyati, hatto Isroilning ananaviy ravişda ittifoqçisi bölgan Frantsiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar ham qoraladi. Ammo xalqaro hamjamiyatning etirozlarini pisand etmagan Netanyahu dunyo mamlakatlari Isroilni Qatarga hujum uçun olqişlaşi kerakligini aytgan.
Isroil boş vazirining uşbu tahdidli bayonoti Turkiyaga qaratilgan deb baholanmoqda. Negaki, HAMAS harakatining bir qator yuqori martabali vakillari ayni paytda Turkiyada yaşamoqda.
Isroillik siyosatşunos, Quddusdagi Yahudiy universiteti professori Meir Masri Tel-Avivning Qatarga hujumini izohlargan ekan, “Dohaga hujum qilgan – Anqaraga ham hujum qila oladi”, deb yozdi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Turkiya matbuotiga köra, professor Meir Masri ijtimoiy tarmoqlarda “Erdöğonga maslahat: yon-atrofingga boq!” deya prezident Rajab Toyyib Erdöğonga ham tahdid qilgan. “Bugun Qatar, ertaga Turkiya” deb takidlagan u.