Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berişni töxtatiş taklif qilindi
12-09-2025, 19:32
233 марта

Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berişni töxtatiş taklif qilindi
“Adolatli Rossiya – Haqiqat uçun” partiyasi raisi Sergey Mironov 2030 yilgaça Rossiyaga Markaziy Osiyodan borgan migrantlarga fuqarolik va yaşaş uçun ruxsatnoma berişga moratoriy joriy etişga çaqirdi. Bu haqda u “Gazeta”ga bergan intervyusida söz oçdi.Uning fikriça, migrantlar oqimining ortişi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.
“Rossiyaga kuçsiz nazorat qilinayotgan migrantlar oqimi tobora oşib bormoqda. Içki işlar vazirligi malumotlariga köra, 2025 yilning dastlabki olti oyida xorijliklarga qariyb 114 mingta mehnat ruxsatnomasi berilgan, bu 2024 yilning şu davriga nisbatan qariyb yarim baravar köp. Rasmiy hisob-kitoblarga köra, Rossiyada 6,5 milliondan ortiq migrant bor va ulardan faqat bir qismi işlaydi. Qolganlari esa heç narsa qilmaydigan, biroq şifoxonalar va maktablar kabi bizning ijtimoiy infratuzilmamizdan foydalanadigan oilalar azolari”, deydi Mironov.
Deputatning fikriça, bunday vaziyat Rossiya milliy xavfsizligi va fuqarolar farovonligiga bevosita tahdid tuğdiradi.
“Adolatli Rossiya” mamlakatdagi migratsiyani tartibga solişga yordam beradigan bir qator qonun loyihalarini allaqaçon Davlat Dumasiga kiritgan. Ammo bu qarorlar hali qabul qilinmagan. Men 2030 yilgaça Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga fuqarolik va yaşaş uçun ruxsatnoma berişga moratoriy joriy etişga çaqiraman. Faqat şunday yöl bilangina biz vaziyatni barqarorlaştira olamiz va bugun mamlakatga çet elliklarning ommaviy kelişi tufayli yuzaga kelayotgan barça muammolarni hal qilamiz”, deydi Mironov.