USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Rossiyaga qarşi “qora röyxat”ini kengaytirdi

384 марта

AQŞ Rossiyaga qarşi “qora röyxat”ini kengaytirdi

AQŞ Savdo vazirligi sanktsiyalar röyxatini kengaytirib, unga Rossiya bilan aloqalari uçun 32 ta xorijiy kompaniyani kiritdi. Yangilangan röyxat vazirlikning rasmiy saytida elon qilindi.

AQŞ Sanoat va xavfsizlik byurosi qarorida Eksport nazorati reglamentiga tuzatişlar kiritilib, 32 ta taşkilot qöşilgan. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining 23 ta, Hindiston, Eron, Singapur va Tayvanning 1 tadan, Turkiyaning 3 ta va Birlaşgan Arab Amirliklarining 2 ta kompaniyasi sanktsiyaga tuşgan.
“AQŞ hukumati ularning harakatlari Qöşma Ştatlar milliy xavfsizligi yoki taşqi siyosati manfaatlariga zid ekanini tan oldi”, deyiladi hujjat matnida.
Röyxatga kiritilgan kompaniyalardan bazilari:
  • Şanghai Fudan Microelectronics Co., Ltd. (Xitoy) – Rossiya harbiy sanoati uçun texnologiyalar yetkazib bergani uçun;
  • AR Sales Pvt Ltd. (Hindiston) – amerika mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berişga uringani uçun;
  • Atempo Proje Taahhüt Ses ve Görüntü Sistemleri Anonim Şirketi İstanbul Şubesi, EB Teknoloji Sistemleri Anonım Şirketi va Dentun Elektronik (Turkiya) – şunga öxşaş urinişlari uçun;
  • HAS General Trading (BAA) – Rossiya va Eronga eksport nazorati ostidagi tovarlarni yetkazib bergani uçun.
Qayd etiş joiz, bungaça AQŞ Prezidenti Donald Tramp barça NATO davlatlari rozilik bildirib, Rossiya neftini sotib olişni töxtatgaç, Moskvaga qarşi jiddiy sanktsiyalar kiritişga tayyorligini aytgan. Şuningdek, u NATO davlatlarini Xitoyga qarşi bojlar joriy etişga çaqirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: