Rossiya Ğarb sanktsiyalarini çetlab ötiş uçun ayirboşlaş savdosini qayta tikladi
15-09-2025, 21:47
241 марта

Rossiya Ğarb sanktsiyalarini çetlab ötiş uçun ayirboşlaş savdosini qayta tikladi
1990 yillardan beri ilk bor Rossiya savdoda eskirgan uslub — ayirboşlaşdan foydalanmoqda. Kompaniyalar Ğarb sanktsiyalaridan qoçiş maqsadida buğdoyni avtomobillarga, ziğir uruğini esa quriliş materiallariga almaştirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.Manbalarga köra, Rossiya Xitoy va Hindiston bilan iliq aloqalar örnatayotganiga qaramay, savdoda ayriboşlaş (barter) usulidan foydalanişi iqtisodiyotning izdan çiqqanidan dalolat beradi. Bu holat Rossiyaning Ğarb bilan iqtisodiy integratsiyaga qöşilganidan 30 yil ötib sodir bölmoqda.AQŞ, Yevropa va ularning ittifoqçilari 2014 yilda Qrimning anneksiya qilinişi va 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirgani uçun Rossiyaga qarşi 25 mingdan ortiq sanktsiya joriy qildi. Maqsad — 2,2 trillion dollarlik rus iqtisodiyotini zaiflaştiriş va prezident Vladimir Putinga bölgan qöllab-quvvatlaşni kamaytiriş edi.
2024 yilda Rossiya Iqtisodiyot vazirligi bizneslarga sanktsiyalarni çetlab ötiş yöli sifatida barterdan foydalanişni tavsiya etdi. Hatto 14 sahifalik Taşqi barter bitimlari qöllanmasini elon qilib, ayriboşlaş uçun maxsus birja taşkil etiş ğoyasini ham ilgari surdi.